|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyaviy va texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1.“Raanani-Xolding” kompaniyasining mahalliy xomashyodan eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida korxonalarga lizing asosida zamonaviy xorijiy texnologik liniyalar va asbob-uskunalar yetkazib berish yo‘li bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln. AQSh dollari summasidagi dasturni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
b) quyidagilar:
tovarlarni o‘rash-joylash va qadoqlash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini puxta qayta ishlash;
binokorlik materiallari va buyumlari ishlab chiqarish uchun texnologik liniyalar va asbob-uskunalar yetkazib berish yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi;
v) lizing shartlarida xorijiy asbob-uskunalarni yetkazib berishni tashkil etish uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida 100 foiz xorijiy sarmoya ishtirokidagi “Osiyo-Yevropa” trast kompaniyasi” shu’ba korxonasini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Asbob-uskunalar “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” tomonidan lizing asosida yetkazib beriladi, bunda yetkazib beriladigan asbob-uskunalarning 30 foizgachasi qarz oluvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.
(2-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” shu’ba korxonasi orqali Kanadaning “Raanani-Xolding” kompaniyasining 35 mln. AQSh dollari miqdoridagi valyuta-kredit resurslarini jalb qilish hamda ulardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq respublika hududida kichik va xususiy biznesni rivojlantirish uchun foydalanish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
7. Toshkent shahar hokimligi “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” ofisini joylashtirish uchun tegishli joy ajratish masalasini ikki hafta muddatda hal etsin.
8. “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi”ga O‘zbekistonda ushbu dastur mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan loyihalar bo‘yicha so‘mlarda haq to‘lash uchun kelgan xorijiy mutaxassislarning mehmonxonalarda yashashi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun narxnomalar bo‘yicha so‘mlarda haq to‘lash huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” shu’ba korxonasining buyurtmalari bo‘yicha “Raanani-Xolding” va “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi”ning respublikaga kelayotgan xodimlariga ko‘p martalik vizalar bersinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 9-iyul,
240-son
Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)