Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1323-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidan “(militsiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh.SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-iyul,
200-mx-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-son)