|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.06.2007
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI USTAVIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-iyun, 108-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 25-apreldagi PQ-628-son qarori)” haqidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Oltintopgan ruda maydonidan foydalanish toʻgʻrisida tuzilgan Bitimga muvofiq hamda kombinat Ustavini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 9-iyundagi 291-son qarori bilan tasdiqlangan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ustavi”ga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Kombinatning korxonalari va boʻlinmalari joylashgan joy: Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hududlarida. Pochta manzili: 702400, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur shoh koʻchasi”;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Kombinat tarkibiga xoʻjalik hisobi asoslarida va kombinat tomonidan tasdiqlangan ular toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmalar hamda yuridik shaxs huquqi bilan quyidagi korxonalar mustaqil balans bilan kiradilar:
ishlab chiqarish boʻlinmalari:
Tojikiston Respublikasining Leninobod viloyatidagi Oltintopgan ishchilar shaharchasida joylashgan Oltintopgan kon boshqarmasi;
Uchquloch kon boshqarmasi, Jizzax viloyatining Forish tumani;
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Quyun shaharchasida joylashgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxona;
Qalmoqqir koni;
mis boyitish fabrikasi;
mis eritish zavodi;
rux zavodi;
sanoat temir yoʻl transport boshqarmasi;
tuzatish-mexanika zavodi;
avtotransport boshqarmasi;
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega boʻlgan asosiy boʻlinmalar:
qoʻrgʻoshin-rux boyitish fabrikasi;
Sarichoʻqqi koni;
xoʻjalik transporti avtobazasi;
avtomobillar va maxsus texnikani tuzatish zavodi;
emal sim ishlab chiqarish sexi;
ohaktosh qazib olish va qayta ishlash zavodi;
xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi;
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan sex huquqiga ega boʻlgan yordamchi boʻlinmalar:
tuzatish-qurilish boshqarmasi;
tarmoqlar va kichik stansiyalar sexi;
elektr issiqlik markazi;
markaziy avtomatlashtirish laboratoriyasi;
markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi;
markaziy tahliliy laboratoriya;
yadro-geofizika laboratoriyasi;
moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi;
texnika nazorati boʻlimi;
sanoat suv taʼminoti sexi;
aloqa sexi;
asbob-uskunalar boʻlimi;
uy-joylarni tuzatish va ulardan foydalanish tashkiloti;
ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarni saqlash sexi;
geologiya-razvedka partiyasi;
idoradan tashqari harbiylashtirilgan qoʻriqlash;
kombinat boshqarmasi.
Kombinat tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan, mustaqil balans va bankda hisob-kitob schyoti bilan quyidagilar kiradi:
ixtisoslashtirilgan tuzatish-montaj boshqarmasi;
“Ranglimetalltuzatish” aksionerlik jamiyati;
elektr tuzatish ijara korxonasi;
“Xizmat” kichik davlat korxonasi”;
v) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“portlovchi moddalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, transportda tashish va sotish;
yongʻinga qarshi avtomatik signalizatsiya tizimini montaj qilish, sozlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
dam olish uylari va zonalari, profilaktoriylar, retranslatsiya uzellari va mehnatkashlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishga oid boshqa muassasalar ishini tashkil etish;
doʻkonlar, bufetlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlari sotib olishga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishga doir boshqa savdo shoxobchalari orqali savdo qilishni belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish”;
g) 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“televizion va radio dasturlarni retranslatsiya (qabul qilib olish va uzatish) qilish”;
d) 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kombinat mol-mulki”ni boshqarish huquqi beriladi va javobgar boʻladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 6-iyun,
213-son