O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda):
1) beshinchi moddasi 1-bandining birinchi qismidan “va jamoa xo‘jaligida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 13 va 14-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida va o‘z ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
14-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkatlarining) yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli Qonuniga asosan VI bo‘limning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
VII. 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 14-moddasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 51-moddasining birinchi qismidan “jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi)”, “urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda)”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi)”, “kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 119-modda to‘rtinchi qismining, 152-moddaning, 158-modda birinchi qismining, 160-modda birinchi qismining hamda 246-modda ikkinchi qismining sanksiya qismlaridan “yoki o‘lim jazosi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
3) 176-moddaning:
sarlavhasi “Qalbaki pul” degan so‘zlardan so‘ng “aksiz markasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “metall tangalar” degan so‘zlardan so‘ng “aksiz markalar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 285-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan;
b) qurol ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;
v) badanga og‘ir shikast yetkazilishga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) odamlarning o‘limiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) 301-moddasining:
ikkinchi qismining sanksiya qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining sanksiya qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
to‘rtinchi qismining sanksiya qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) Sakkizinchi bo‘limidagi “ancha miqdor”, “ancha miqdordagi zarar”, “juda ko‘p zarar”, “juda ko‘p miqdor”. “ko‘p bo‘lmagan zarar”, “ko‘p miqdor”, “ko‘p miqdordagi zarar” degan atamalarning huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor;
Ancha miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”;
“Juda ko‘p zarar — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar;
Juda ko‘p miqdor — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor”;
“Ko‘p bo‘lmagan zarar — eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan zarar;
Ko‘p miqdor — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor;
Ko‘p miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ishlarni garnizonlar harbiy sudlaridan talab qilib olish huquqiga, shuningdek Qurolli Kuchlar Harbiy sudi raisining o‘rinbosarlari, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining o‘rinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ham egadirlar”.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda):
1) 50-moddasining sarlavhasi va dispozitsiyasidagi “davlat ish bilan ta’minlash xizmati” degan so‘zlar “mahalliy mehnat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 66-moddasining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish”;
3) 100-moddasining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 101-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 151 va 152-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“151-modda. Ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish, shuningdek abonentlik qurilmasini elektr aloqa tarmoqlariga ulash
Quvvatidan qat’i nazar radiouzatkich shoxobchasini ruxsatsiz o‘rnatish va (yoki) undan foydalanish,
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Abonentlik qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, —
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
152-modda. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish,—
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 153-moddasining dispozitsiyasidagi “radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 154-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“154-modda. Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
Aloqa yo‘llari va inshootlarini, shuningdek aloqa yo‘li va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
8) 229-moddasining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bo‘sh ish joylari (bo‘sh lavozimlar)ni yashirish, shuningdek har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida bermaslik. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash”;
9) 245-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining uchinchi qismi” degan so‘zlar “151-moddasining ikkinchi qismi, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 246-moddasidan “151” raqami chiqarib tashlansin;
11) 255-moddasining ikkinchi qism uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari hamda kasaba uyushmalarining mehnat bo‘yicha texnik inspektorlari”;
12) 263-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar “151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 287-moddasining:
1-bandidagi “151-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan (radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14) 305-moddasining ikkinchi qismidan “151-moddasida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XI-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-987-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda) 7-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 4-moddasining birinchi qismidagi “investorlarning” degan so‘z “aksiyadorlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 7-moddasining ikkinchi qismidagi uchinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim”;
3) 8-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
4) 14-moddasining:
birinchi qismi “ustav” degan so‘zdan keyin “yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoxud faqat ta’sis shartnomasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
5) 17-moddasi:
ikkinchi qismidagi “ustav va emissiya ma’lumotnomasini” degan so‘zlar “ustavini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organi to‘g‘risidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to‘g‘risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart”;
6) 19-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi”;
7) 20-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqining besh yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi esa, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Eng kam oylik ish haqining summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgargan taqdirda, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir yil ichida belgilangan miqdorga muvofiq holga keltirilishi kerak”;
8) 24-moddasining:
sarlavhasi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24-modda. Aksiyalarning xillari va turlari
Aksiyalar xillari va turlari (toifalari) bo‘yicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga”, “aksiyalarini ro‘yxatga olish daftariga” degan so‘zlar “aksiyadorlarining reyestriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 31-moddasining birinchi qismidagi “o‘z xodimlari orasida tarqatish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
10) 33-moddasida:
to‘rtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va to‘lovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi”;
to‘qqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyaning haqi to‘liq to‘langunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingunga qadar aksiya ovoz huquqini bermaydi, reyestrida ro‘yxatga olish, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar sotib olgan aksiyalar bundan mustasno”;
11) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan to‘ldirilsin:
“371-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilayotgan davlat korxonalarining mehnat jamoalari a’zolari o‘rtasida aksiyalarni tarqatish
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to‘lab ustav fondidagi tegishli ulushdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi”;
12) 56-moddasining ikkinchi qismidagi “yillik dividendlar to‘lash to‘g‘risida” degan so‘zlar chiqarib tashlanib, “belgilab qo‘yiladi” degan so‘zlardan keyin jumla “va shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
13) 57-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang‘ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to‘lanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi”;
14) 69-moddasining birinchi qismidagi “(bu xabarnoma olinganligini tasdiqlash sharti bilan)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
15) 86-moddasining:
sakkizinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda ularning umumiy yig‘ilish va kuzatuv Kengashi oldidagi hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim”;
o‘n birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv Kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo‘lsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
681-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda; 2000-y., 5-6-son, 141-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2002-y., 1-son, 11-modda; 2002-y., 12-son, 218-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)