Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.12.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASh FONDI (BIZNES-FONDI)NI TAShKIL ETISh HAMDA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Fondi (Biznes-fondi)ni tashkil etish haqida”gi Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarishni jadal kuchaytirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarga:
Biznes-fondning hududiy-tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond markaziy apparatining xodimlarning chegaralangan soni 46 nafar bo‘lgan tashkiliy tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond hududiy bo‘limining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Biznes-fond tomonidan xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga kreditlar berilishining asosiy shartlariga 4-ilovaga muvofiq;
2. Belgilab qo‘yilsinki, Biznes-fond tomonidan jalb etiladigan mablag‘lardan qaytarib berish asosida quyidagi asosiy vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi:.
loyihani imtiyozli kredit bilan ta’minlash orqali xususiy tadbirkorlikka va kichik biznesga moliyaviy ko‘mak berish;
respublika mintaqalarida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning keng infrastrukturasini rivojlantirishga ko‘maklashish;
xususiy tadbirkorlar va kichik biznesning turli kredit muassasalaridan qarzga mablag‘ jalb etishni taqozo etadigan investitsiya loyihalariga kafolatlar berish, majburiyatlar olish va kafil bo‘lish;
loyihalarning xalqaro andozalarga mos texnikaviy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq sug‘urta polisini qoplash uchun grantlar (davlatning moliyaviy yordamini) ta’sis etish va berish;
xorijiy uskunalar lizingini tashkil etish asosida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
kichik va o‘rta biznes korxonalari ustav sarmoyasida qatnashish.
(2-bandning birinchi va oxirgi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank ikki hafta muddatda Biznes-fondning ustav faoliyatini amalga oshirish uchun unga ajratiladigan davlat mablag‘larini “O‘ztadbirkorbank” orqali o‘tkazish va qaytarish tartibini tasdiqlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Biznes-fondni qayta tashkil etilayotgan Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning huquqiy vorisi sifatida belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Biznes-fondni Toshkent shahar, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, 8-uydagi binoga joylashtirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 30-iyuldagi 380-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari B.S. Hamidov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin. Ularga 10 kun muddatda Biznes-fondning ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish va uni tashkil etishga oid aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-iyul,
291-son
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-iyuldagi 291-son qaroriga
1-ILOVA
Biznes-fondning hududiy-tashkiliy
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-iyuldagi 291-son qaroriga
2-ILOVA
Biznes-fond markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-iyuldagi 291-son qaroriga
3-ILOVA
Biznes-fond hududiy bo‘limining namunaviy tuzilmasi
T/r‎

Lavozimi‎

Vazifalari‎

1.‎ Bo‘lim boshlig‘i‎ Umumiy rahbarlik
‎Markaziy apparat bilan aloqa qilish‎
2.‎ Bosh mutaxassis‎ Buyurtmanomalar qabul qilish
‎Loyiha hujjatlarining umumiy tahlili‎
3.‎ Etakchi mutaxassis‎ TIA va boshqa hujjatlar to‘g‘riligini tekshirish
‎Obyektlarni nazorat qilish, texnik ekspertiza va monitoring‎
4.‎ 1-toifali mutaxassis‎ Shartnomalarni va ularga ilova qilingan hujjatlarni rasmiylashtirish‎
5.‎ Buxgalter‎ Hisob-kitobni yuritish
‎Banklar bilan munosabatlar‎
6.‎ Kassir‎ Kassa hujjatlari bilan ishlash
‎To‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish‎
Izoh: Biznes-fondning Bosh tashkiloti viloyat bo‘limlariga asosiy va oborot fondlari ajratib beradi.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 26-iyuldagi 291-son qaroriga
4-ILOVA
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga Biznes-fond tomonidan kredit berishning
asosiy shartlari
I. Investitsiya resurslarini jalb etish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Biznes-fond tomonidan davlat manbalaridan mablag‘ jalb etish qaytarib berish asosida Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa idoralar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha muddati belgilangan holda amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
2. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar Biznes-fondning “O‘ztadbirkorbank”dagi hisob-kitob schyotida jamlanadi. Shu hisob-kitob schyotiga ustav fondining mablag‘lari ham o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Biznes-fond jalb etilgan davlat mablag‘laridan foydalanish va ajratilgan qarz mablag‘lari qaytarilishining ahvoli to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotni har chorakda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat mulki qo‘mitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
4. Davlat mablag‘lari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining, xorijiy yuridik shaxslar va xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘lari ham Biznes-fond resurslarining manbalari hisoblanadi.
II. Kredit berishning asosiy shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Imtiyozli kredit berish jalb etilgan va Biznes-fondning o‘z mablag‘lari hisobiga iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlaridagi kichik va o‘rta biznes subyektlari investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun Biznes-fond tomonidan ochiladigan kredit yo‘nalishlarini banklar tomonidan o‘zlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish;
turizm;
qurilish, binokorlik materiallari sanoati;
mahalliy sanoat;
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish.
3. Imtiyozli kreditlarni to‘lash muddati loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddatiga qarab, imtiyozli davri 2 yildan 5 yilgacha, 10 yilgacha belgilanadi. Imtiyozli kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi qat’iy ravishda belgilab qo‘yilmaydi va Biznes-fond tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
4. Mablag‘ bilan ta’minlanadigan investitsiya loyihalarini tanlab olishda qarz oluvchining moliyaviy ishtirok etish ulushi yuqori bo‘lgan loyihalarga afzallik beriladi.
III. Olingan kreditlarning qarzdorlar tomonidan o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Biznes-fond bergan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish uchun:
Biznes-fond va kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar kredit shartnomasi hamda qarzni uzish jadvali asosida kreditdan maqsadga muvofiq, foydalanish hamda kreditlar va ular yuzasidan foizlarning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradilar.
Biznes-fond “Madad” sug‘urta agentligi va “kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda har chorakda qarzdorlar tomonidan kreditlar va ular yuzasidan foizlarning qaytarilishi bo‘yicha hisob-kitoblarning ahvolini o‘zaro tekshirishdan o‘tkazadi.
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qarzdorning hisob-kitob schyotida mablag‘ mavjud bo‘lgan hamda kreditni va u bo‘yicha foizlarni to‘lash muddati kelganda kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar qarzdorning topshiriqnomasi asosida ushbu mablag‘larni Biznes-fondning hisob-kitob schyotiga o‘tkazadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tijorat banklari aybi bilan mablag‘lar qarzdorning schyotidan Biznes-fond hisob-kitob schyotiga o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda Biznes-fond taqdimnomasiga ko‘ra Markaziy bank tijorat banklariga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi 232-sonli qarori tahririda)
5. Qarzdor kreditni to‘lamagan taqdirda Biznes-fondning “Madad” sug‘urta agentligi bilan o‘zaro munosabati sxemasi ilova qilinmoqda.
IV. Tavakkalchiliklarni boshqarish
1. Biznes-fond tomonidan berilgan kafolat va to‘lov majburiyatlari, shuningdek, to‘lov kafilliklarining eng ko‘p jami hajmi Biznes-fondning o‘z mablag‘lari miqdoridan sakkiz baravaridan oshib ketmasligi kerak.
2. O‘z mablag‘lari va jalb etilgan nodavlat mablag‘lari hajmida kredit berilgan hollarda Biznes-fond tavakkalchiliklarini qoplash bo‘yicha talablar Fond tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
3. Biznes fondning o‘z operatsiyalari bo‘yicha ehtimol tutilgan ziyonni qoplashga mo‘ljallangan o‘z mablag‘lari eng oz tavakkalchilik qilinadigan aktivlar shaklida joylashtiriladi.
ILOVA
Qarzdor kreditni to‘lamagan taqdirda Biznes-fondning “Madad” sug‘urta agentligi bilan o‘zaro munosabati sxemasi
1. Qarz oluvchining kredit xizmati ko‘rsatish va kreditni qaytarish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi.
2. Sug‘urta agentligining bankka topshiriqnomasi.
3. Shartnoma bo‘yicha tovon to‘lash.
4. Qarzdorga nisbatan regressiv da’vo qo‘zg‘ash.
5. Kompensatsiya to‘lovlari.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 7-son, 24-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2003-y., 24-son, 240-modda)