O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 37-son, 426-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda) 11-moddasining to‘rtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
8. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda):
1) 145-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, xuddi shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to‘sqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish bilan yoxud shaxsning sha’ni va obro‘sini kamsituvchi chora-tadbirlar qo‘llash bilan yoki diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar o‘tkazishni tashkil etish shaxs badaniga yengil yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining jazo qismida “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 216-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“216-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish
Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, xuddi shuningdek bunday birlashmalar va tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) Kodeks quyidagi mazmundagi 2161 va 2162-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“2161-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash
Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloh tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2162-modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
6) 217-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 2291, 2292 va 2441-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“2291-modda. Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish
Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, agar xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2292-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki mol-mulk musodara qilinib yoxud musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish,—
eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
8) 246-moddaning birinchi qismi “psixotrop moddalarni” degan so‘zlardan keyin “yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) Kodeks quyidagi mazmundagi 2571-modda bilan to‘ldirilsin:
2571-modda. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,—
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xuddi shunday qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 56-modda, № 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi “225” raqamidan keyin “2291”, “2292” raqamlari bilan, “244” raqamidan keyin esa “2441” raqami bilan to‘ldirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 27-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish shu ashyoni haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, bu chora: tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; bojxona organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan — aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda”;
2) 53-moddasining jazo qismidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” va “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha” hamda “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 54-moddasining jazo qismidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” va “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “uch baravaridan besh baravarigacha” hamda “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 60-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish
Yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq organlarining inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Soliq organlarida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarga o‘z vaqtida inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
birinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” va “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “besh baravaridan o‘n baravarigacha” va “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining jazo qismida “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) Kodeks quyidagi mazmundagi 1761 va 1762-moddalar bilan to‘ldirilsin:
1761-modda. Shartnoma intizomini buzish
Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga mulkiy zarar yetkazish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1762-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektning manzili yoki bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan manzili (turar joyi) yoki bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoki yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish,—
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
8) 184-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“184-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, —
materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
9) Kodeks quyidagi mazmundagi 1841-modda bilan to‘ldirilsin:
“1841-modda. Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
10) 201-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;
11) Kodeks quyidagi mazmundagi 2021-modda bilan to‘ldirilsin:
“2021-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning faoliyatida qatnashishga undash
Faoliyati O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
12) 240 va 241-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“240-modda. Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
241-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish
Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi;”
13) 242-moddasining 1-bandi “bo‘yicha sudyasi” degan so‘zlardan so‘ng “xo‘jalik sudlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14) 245-moddasining birinchi qismi “173-moddasida” degan so‘zlardan keyin “175-moddasining beshinchi qismi” degan so‘zlar bilan, “184” raqamidan keyin “1841” raqami bilan, “202” raqamidan keyin “2021” raqami bilan to‘ldirilsin;
15) Kodeks quyidagi mazmundagi 2451-modda bilan to‘ldirilsin:
“2451-modda. Xo‘jalik sudlari
Xo‘jalik sudlari xo‘jalik nizolarini hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining 3-qismida, 1761, 1762, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar;”
16) 262-moddasining ikkinchi qismi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markasi qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirsin;
17) 264-moddasining birinchi qismidagi “174, 175-moddalari” degan so‘zlar “174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 315-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi;”
19) 317-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi;”
20) 337-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organining O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi hamda soliq organining saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorlari tegishli hokimiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan doimiy harakatdagi komissiyalar tomonidan ijro etiladi;”
21) 339-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi:
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.”
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 444-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
13. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-soniga ilova, № 11-12; 1997-yil, № 9, 241-modda):
1) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyat amalga oshirilgan, yoxud olti oy davomida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;”
2) 784-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘lari quyidagi navbatda o‘chiriladi:
birinchi navbatda mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha pul o‘chiriladi;
uchinchi navbatda boshqa to‘lov hujjatlari bo‘yicha kalendar navbat tartibida pul o‘chiriladi.
Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.”
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
15. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, №9, 230-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;”
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshisi tegishincha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda) 7-moddasining to‘rtinchi qismi 3-bandidagi “mablag‘lar hisobidan chiqarilganidan keyin” degan so‘zlar “mutanosib ravishda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
II. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 175-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomani moliya organining vakolatli mansabdor shaxsi tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-may,
621-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda, 9-son, 167, 168-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 12-son, 220-modda; 2003-y., 1-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 37-son, 426-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)