O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada ko‘paytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning ilmiy-tadqiqot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi va uning bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik ixtiyoriga o‘tkazilsin.
3. Belgilansinki:
Vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bio va nanotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish va joriy etish bo‘yicha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida mehnat va moddiy-texnik resurslar sarfi me’yorlarini ishlab chiqish va yangilash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Vazirlik ixtiyoriga o‘tkaziladigan tashkilotlar tegishli tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
limon va grek yong‘og‘i ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar, kartoshka ishlab chiqaruvchilar uyushmalari rahbarlari ta’sischilar umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri taqdimnomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, Vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) manbalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
8. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5418-son Farmonining 2 va 8-bandlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3671-son qarorining 1 va 2-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Farmonni ijro qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
PF-5708-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)