Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.11.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGIDA VEKSELLARNI QOʻLLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “ Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni jadallashtirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toʻlov muddati kechiktirilgan qarz majburiyati va Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun hisob-kitob vositasi sifatida veksel xoʻjalik oborotiga joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Veksellarni chiqarish huquqi tijorat banklariga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga, istisno hollarda 6 oygacha muddatga beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan tijorat banklari ular uchun belgilangan muddatlarda Markaziy bankka tegishli hisobot topshirsinlar.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bank veksellari chiqarish huquqini berish tartibiga rioya etilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklansin
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Veksellarni trast boshqaruviga berish, shuningdek kreditlarni veksellar bilan berish taqiqlanadi.
(1-band toʻrtinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori bilan chiqarilgan)
korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli tijorat banklari veksellarini belgilangan tartibda shartnomalar asosida sotib olishlari mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori bilan chiqarilgan)
veksel pulini toʻlash (veksel majburiyati boʻyicha toʻlov), qoidaga koʻra, emitent tomonidan veksel egasining arizasiga binoan (vekselni koʻrsatgan holda) amalga oshiriladi. Alohida hollarda, tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, toʻlov buning uchun emitentdan vakolat olgan bank tomonidan emitentning mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin;
vakolatli tijorat banklariga korxonalarning veksellar emissiyasi boʻyicha takliflarini koʻrib chiqish, xizmat koʻrsatiladigan emitent-korxonalarning toʻlov qobiliyatini aniqlash va tasdiqlash, veksellarning likvidlik darajasini baholash hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish yuklatiladi.
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga, istisno hollarda esa 6 oygacha boʻlgan muddatga veksellar chiqarish huquqiga ega boʻladilar;
korxonalar va tashkilotlar tomonidan veksellar chiqarilishiga ularga yetkazib beriladigan aniq tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda pul mablagʻlari vaqtincha yetishmasligini qoplash uchungina xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan veksel topshirigʻi (aval) majburiy tartibda rasmiylashtirilgan holda yoʻl qoʻyiladi.
(2-band yettinchi va sakkizinchi xatboshilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan oʻtkazma va oddiy veksel toʻgʻrisidagi Nizom hamda korxona va tashkilotlar veksellarini chiqarish va muomalada boʻlishining vaqtinchalik tartibi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi mazkur hujjatlarni tasdiqlasinlar hamda bir hafta muddatda ularni vazirliklarga, idoralarga, korporatsiyalarga, uyushmalarga, tijorat banklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
banklarning veksellarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularning pulini qaytarish shartlarini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
veksellar toʻlash boʻyicha muddati oʻtib ketgan qarzlar koʻrsatilgan holda veksellar emissiyasi hajmi yuzasidan banklar va emitent-korxonalarning har oylik hisobot berishini belgilash;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
emitentlarning buyurtmanomalari boʻyicha bir hafta muddatda veksel blanklarining markazlashtirilgan tartibda tayyorlanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
veksel toʻlovlari tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni tashkil qilsin, birinchi bosqichda veksellar chiqarishga ruxsatnomani banklarga, shuningdek veksellarning yuqori darajada likvidligini taʼminlashga qodir boʻlgan korxonalarga bersin;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
oʻn kun muddatda markaziy apparatlarda va joylarda veksellar bilan ishlashni tashkil etish boʻyicha tegishli boʻlinmalar tashkil etsin;
veksellarni oʻzaro hisobga olish va ularning pulini qaytarish toʻgʻrisida banklar oʻrtasida shartnomalar tuzish chora-tadbirlarini koʻrsin;
vekselning muomalada boʻlishini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin, veksel bozorining va veksellar emitentlarining ahvoli toʻgʻrisidagi sharhlarni, prognozlarni eʼlon qilib borsin, veksellar boʻyicha muvaffaqiyatli ish olib borayotgan korxonalar tajribasini oʻtkazishga koʻmaklashsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda veksellar ishlatilishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tegishli takliflar taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralar tarmogʻini ancha kengaytirsin, garovni rasmiylashtirishda, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq garovni rasmiylashtirishning qisqa muddatlarini belgilab xizmatlar hajmini kengaytirish yuzasidan shart-sharoitlar yaratsin;
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 24-sentabrdagi 452-sonli qarori tahririda)
notarial idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy boshqarmalariga veksellar masalasida bildirilgan eʼtirozlar toʻgʻrisida axborot taqdim etishni yuklasin.
Bajarilgan ishlar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda:
veksellar, shu jumladan, muddati oʻtib ketgan veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish tartibini belgilasin;
Adliya vazirligi bilan birgalikda notarial idoralarning qoʻshimcha qarorini tashkil etishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va davlat notariuslarining soni toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-sentabrdagi 202-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan—OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 382-modda)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-iyun,
204-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 6-son, 19-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 37-38-son, 382-modda)