

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4272681" id="onLBC-4272681">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6193"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4272681" id="onLS-4272681">[<b>TSZ:</b><div id="LS3720"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4279291" id="-4279291">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4279292" id="-4279292">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4279293" id="-4279293">Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4279295" id="-4279295"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279296" id="-4279296">Soʻnggi yillarda respublikamizda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish sohasidagi davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279297" id="-4279297">Shu bilan birga, ushbu sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish ularning tezkorligi va foydalanish imkoniyatlarini oshirishni, davlat organlari faoliyatining shaffofligiga erishishni va xizmatlardan foydalanuvchilarga axborot xizmati koʻrsatishni yaxshilashni taqozo etmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279298" id="-4279298">Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish, tegishli tizimlarni davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonini soddalashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279300" id="-4279300">Koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, koʻchmas mulkni sotishda ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish, geodeziya va yer kadastri sohasiga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid <a href="/ru/acts/-4168749#-4172608">Davlat dasturidagi </a>vazifalarni bajarishni taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279302" id="-4279302">1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5349213" id="edi-5349213"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279303">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5349213" id="-5349213"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5349214" id="-5349214">notariuslar tomonidan — koʻchmas mulkka oid bitimlarni tasdiqlash ishlarini amalga oshirishda, koʻchmas mulkning bir qismiga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga oʻtgan, cheklangan (yuklangan) va bekor boʻlgan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5349215" id="-5349215">(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli <a href="/ru/acts/-5322576?ONDATE=09.03.2021 00#-5323545">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6909730" id="edi-6909730"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279305">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6909730" id="-6909730"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6909732" id="-6909732">Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan —   “E-AUKSION” elektron savdo platformasida   koʻchmas mulkni (davlat aktivlari qismida) auksion orqali sotishda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6909743" id="-6909743"><em>(1-bandning   uchinchi  xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli  </em><a href="/ru/acts/-6899480?ONDATE=27.04.2024 00#-6902086">Farmoni</a><em>  tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279306" id="-4279306">rieltorlik tashkilotlari tomonidan — noturar koʻchmas mulk boʻyicha rieltorlik xizmatlarini koʻrsatishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279307" id="-4279307">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-sonli <a href="/ru/acts/-3064985">qarori </a>bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etayotgan tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) tomonidan — qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda “yagona darcha” tamoyili asosida Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) koʻchirma berish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279308" id="-4279308">2. Belgilansinki:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5349216" id="edi-5349216"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279309">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5349216" id="-5349216"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5349217" id="-5349217">2019-yil 1-sentabrdan boshlab notarial harakatlar asosida vujudga keladigan Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkka, 2020-yil 1-yanvardan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5349221" id="-5349221">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli <a href="/ru/acts/-5322576?ONDATE=09.03.2021 00#-5323546">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279310" id="-4279310">2020-yilning 1-yanvaridan boshlab uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga (keyingi oʻrinlarda — davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6909749" id="edi-6909749"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279311">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6909749" id="-6909749"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6909756" id="-6909756">2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk obyektini   “E-AUKSION” elektron savdo platformasida   auksion orqali sotish (davlat aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari koʻrsatish natijasida vujudga keladigan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6909759" id="-6909759"><em>(2-bandning   toʻrtinchi   xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli </em><a href="/ru/acts/-6899480?ONDATE=27.04.2024 00#-6902086">Farmoni</a><em> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279314" id="-4279314">Reyestrdan koʻchirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik tashkilotlari va tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan mulkdorning xohishiga koʻra elektron va (yoki) qogʻoz shaklida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda tutilgan muddatlarda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279315" id="-4279315">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279316" id="-4279316">a) tashkilotlarning maʼlumotlari asosida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza talab etilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279317" id="-4279317">b) koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni, shuningdek qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxatga olish yigʻimlari undiriladi va ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6937476" id="-6937476">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash <a href="/ru/acts/-2425158#-5666039">tartibi</a>.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6909781" id="edi-6909781"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279318">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6909781" id="-6909781"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6909786" id="-6909786">10 foizi Adliya vazirligi yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (koʻchmas mulkni   “E-AUKSION” elektron savdo platformasida   auksion orqali sotishda va rieltorlik xizmatlari koʻrsatishda) budjetdan tashqari jamgʻarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga yoxud tijorat banklarning bank hisob raqamiga;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6909802" id="-6909802"><em>(</em>3-band  “b” kichik bandining  <em>   ikkinchi   xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli </em><a href="/ru/acts/-6899480?ONDATE=27.04.2024 00#-6902086">Farmoni</a><em> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279319" id="-4279319">qolgan mablagʻlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5349222" id="edi-5349222"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279320">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5349222" id="-5349222"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5349224" id="-5349224">v) 2020-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulkning yangi egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin tegishlicha notariuslar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan kommunal xizmatlarning axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda kommunal xizmatlar koʻchmas mulkning yangi egalaridan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishga haqli emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5349225" id="-5349225">(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli <a href="/ru/acts/-5322576?ONDATE=09.03.2021 00#-5323548">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279321" id="-4279321">4. Quyidagilar:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5349227" id="edi-5349227"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279322">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5349227" id="-5349227"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5349229" id="-5349229">koʻchmas mulkni begonalashtirishda notariusga Reyestrga ulanish imkoniyatini bergan holda, unga bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishni;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5349230" id="-5349230">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli <a href="/ru/acts/-5322576?ONDATE=09.03.2021 00#-5323550">Farmoni </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279323" id="-4279323">davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻchmas mulk egalaridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning yozuvi (shtampi) qoʻyilishini talab qilishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279324" id="-4279324">2020-yil 1-yanvardan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, shuningdek, bankka roʻyxatdan oʻtkazilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etish boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi tartib bekor qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279325" id="-4279325">5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining 2020-yil 1-yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi (keyingi oʻrinlarda — kadastr muhandisi) institutini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Kadastr muhandisi shartnoma asosida koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazadi (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzadi, texnik rejalarini rasmiylashtiradi, shuningdek, ularni texnik hisobga qoʻyadi. Kadastr muhandislariga nisbatan quyidagi talablar nazarda tutiladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5590976" id="edi-5590976"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279326">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5590976" id="-5590976"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5590977" id="-5590977">geodeziya va yer kadastri boʻyicha oliy maʼlumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha taʼlim olgan, shuningdek, tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining malaka shahodatnomasini olgan shaxs kadastr muhandisi boʻlishi mumkin;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5590979" id="-5590979">(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli <a href="/ru/acts/-5517580?ONDATE=17.07.2021 00#-5519527">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279327" id="-4279327">malaka shahodatnomasini olish uchun shaxs geodeziya va yer kadastri boʻyicha kamida bir yil ish stajiga ega boʻlishi va malaka imtihonini topshirishi shart;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5590980" id="edi-5590980"><a href="/ru/acts/-4272681?ONDATE=06.04.2019 00#-4279328">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5590980" id="-5590980"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5590981" id="-5590981">koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5590982" id="-5590982">(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli <a href="/ru/acts/-5517580?ONDATE=17.07.2021 00#-5519530">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279329" id="-4279329">6. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda 2019-yil 1-mayga qadar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279330" id="-4279330">a) quyidagilarga imkoniyat beruvchi yagona tizim (integratsiya tarmogʻi)ni yaratish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279331" id="-4279331">kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va suv chiqarib tashlovchi, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti), elektr taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib ketish, oʻrnatib qoʻyilgan telefon aloqasi va boshqalar) korxonalarning axborot tizimlarini integratsiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279332" id="-4279332">texnik shartlarni olish, obyektlarni muhandis-texnik taʼminot tarmoqlariga ulash boʻyicha shartnomalarni tuzish uchun yagona ariza berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279334" id="-4279334">debitor va kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi hisobni aktual holatda yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279336" id="-4279336">hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini onlayn tartibda qayta ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279338" id="-4279338">koʻchmas mulkning kadastr raqami asosida isteʼmolchining unifikatsiya qilingan shaxsiy hisobvaraqasini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279340" id="-4279340">isteʼmolchilarga kommunal xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona shaxsiy kabinetdan olish imkoniyatini taqdim qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279342" id="-4279342">isteʼmolchilarga koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisoblangan toʻlovlarning yagona hisob-kitobini yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279343" id="-4279343">davlat organlariga yagona tizimda debitor va kreditor qarzdorligi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279345" id="-4279345">b) yagona tizim (integratsiya tarmogʻi)ni yaratish va ishlatish, shuningdek, server uskunalari va tegishli hisoblash asboblarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hamda xalqaro grantlarni jalb etgan holda xarid qilish va oʻrnatishning moliyalashtirish manbalarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279356" id="-4279356">v) kommunal xizmatlardan foydalanishning yagona hisobini yuritishni muvofiqlashtirish va tartibga solish boʻyicha vakolatli organni uning texnik va professional tayyorgarligini inobatga olgan holda belgilash boʻyicha takliflarni kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279357" id="-4279357">7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279358" id="-4279358">Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahri boʻyicha, 2019-yil 1-dekabrga qadar muddatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha mulkdorlar — jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlari (JSH SHIM)ni va mulkdorlar — yuridik shaxslarning identifikatsiya raqamlari (INN)ni Reyestrga kiritilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279359" id="-4279359">Adliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda mavjud axborot tizimlariga zarur oʻzgartirishlar kiritilishini hamda Reyestrning mavjud maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279360" id="-4279360">Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan malaka shahodatnomasini berish, kadastr munosabatlari sohasidagi kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha oʻqitish mexanizmini, shuningdek, kadastr muhandislari faoliyatini baholash va monitoring qilish mezonlarini nazarda tutuvchi kadastr muhandisi faoliyati bilan shugʻullanish tartibi ishlab chiqilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279361" id="-4279361">kadastr muhandislari faoliyati monitoringi natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kadastr muhandisi institutini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279362" id="-4279362">8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2019-yil 1-dekabrga qadar rieltorlik xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini taʼminlovchi yagona axborot tizimini ishlab chiqib, uni Reyestr bilan uygʻunlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279363" id="-4279363">9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu qarorning talablaridan kelib chiqqan holda tashkilotlar tomonidan maʼlumotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarga yuborish tartibi ishlab chiqilishini, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279364" id="-4279364">10. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4279365" id="-4279365">11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4279366" id="-4279366">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4279367" id="-4279367">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4279368" id="-4279368">2019-yil 5-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4279369" id="-4279369">PQ-4270-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4279294" id="-4279294">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2019-y., 07/19/4270/2890-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son;  <em>27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son</em>)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
