Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Mahkumlarning hamda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda,№ 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1974-modda bilan toʻldirilsin:
“1974-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmaslik, uning ishiga toʻsqinlik qilish, unga bila turib yolgʻon axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz maʼlumotlarni taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “1972” raqamidan keyin “1974” raqami bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ob-havo sharoiti yoʻl qoʻysa, ishdan boʻsh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish;
jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat koʻrsatish xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga oshiriladi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega boʻlish, dam olish, taʼtilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq toʻlanishi”;
sakkizinchi xatboshisi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 84-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish chogʻida, jazoni oʻtash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marta, shuningdek murojaatlarga koʻra tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish maxfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida u bilan suhbat oʻtkaziladi, mahkum jazoni ijro etish muassasasining karantin xonalarida tibbiy koʻrikdan va sanitariya-gigiyena tadbirlaridan oʻtadi.
Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilinayotganda ham, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj boʻlganda ham tibbiyot xodimlari ushbu shaxslarning yoniga zudlik bilan kirishini taʼminlashi kerak.
Shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslar davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan koloniyalarga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasalxonalarga yuboriladi, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy muassasalariga joylashtirilishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkumning roziligi bilan uning yaqin qarindoshlariga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning oʻzi koʻrsatgan boshqa shaxslarga bu haqda darhol xabar beradi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qoʻshimcha soʻzlashishga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qoʻshimcha uchrashuvga ruxsat beriladi”;
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha oʻninchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
4) 97-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tarbiyaviy ishlar bosqichma-bosqich ravishda quyidagicha amalga oshiriladi:
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasiga kelgan vaqtda uning psixologik qiyofasini, tuzalish yoʻliga oʻtishga moyilligini aniqlagan holda uni dastlabki tarzda oʻrganish;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ongini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish, ularda sodir etgan jinoyatidan pushaymon boʻlish hissini uygʻotish;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning talab mavjud boʻlgan kasblar va mutaxassisliklarga oid kasbiy taʼlimini tashkil etish, oʻqishni tugallaganidan soʻng tegishli hujjat berish hamda ularni keyinchalik ishga joylashtirish”;
5) 105-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydi:
mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu ishni rad qilish yoki ishdan boʻyin tovlash oqibati boʻlmasa;
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun”;
6) 106-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Huquqbuzarlik sodir etilgan holat, mahkumning xulq-atvori va shaxsiy xislatlari, uning xulq-atvoriga va qoidabuzarlik yoki qilmish sodir etishga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan, intizomiy choralar qoʻllash uchun sabab boʻlgan ruhiy holati buzilishining mavjudligi, shuningdek olib tashlanmagan va bekor boʻlmagan intizomiy jazolari bor-yoʻqligi intizomiy jazoni qoʻllash chogʻida inobatga olinadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
OʻRQ-530-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2019-y., 03/19/530/2769-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2024-y., 03/24/1002/0936-son)