|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.07.1993
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON SSR MINISTRLAR SOVETINING 1985-YIL 22-IYULDAGI 381-SON QARORINING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-iyuldagi 334-sonli “Respublika yoʻl jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligining bir maromda ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “1986—1990-yillarda avtomobil yoʻllarini qurishga maqsadli mablagʻ ajratish toʻgʻrisida” 1985-yil 22-iyuldagi 381-son qarorining amal qilishi 1995-yilgacha boʻlgan davrga uzaytirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-aprel,
180-son