Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QOʻYISH, SOTISH YOKI YOʻQ QILIB TASHLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA” 2004-YIL 25-MARTDAGI 140-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishga doir faoliyatni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 53-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tovarlar yoki boshqa boyliklarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganligi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan sud ijrochilari tegishli boʻlinmalarining maxsus hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi:
70 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
20 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-dekabr,
609-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 522-modda)