Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN SHUGʻULLANISH TAQIQLANGAN MANSABDOR SHAXSLARNING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida” Qonunini kuchga kiritish haqida” 1991-yil 15-fevraldagi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlansin:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga;
davlat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi boʻlgan mansabdor shaxslarga;
davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan oʻrinbosarlariga;
davlat taʼminot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 428-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-mart,
103-son