|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2006
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-dekabrdagi 244-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorining 7-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 15-16-son, 132-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 15-modda; 1999-y., 11-son, 64-modda; 2000-y., 8-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllash tartibi III qismining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun oʻz kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish obyekti hisoblanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 2-oktabr,
380-son