Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qonunchilikda kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish, shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 21-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi qonuni.
3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
(3-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom.
4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini taʼminlashga;
(4-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor boʻlgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini koʻrsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.
5-modda. Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari
Jamoatchilik nazoratining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ommaviyligi va ochiqligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va begʻarazligi;
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
jamoatchilik nazorati subyektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga gʻayriqonuniy taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmasligi.
6-modda. Jamoatchilik nazoratining shakllari
Jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar;
davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish;
jamoatchilik muhokamasi;
jamoatchilik eshituvi;
jamoatchilik monitoringi;
jamoatchilik ekspertizasi;
jamoatchilik fikrini oʻrganish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlari davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ularga soʻrovlar yuborishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining 2016-yil 22-fevraldagi 19-m/h-son buyrugʻi bilan tadiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun soʻrovlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2769, 2016-yil 17-mart).
Jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari va soʻrovlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(7-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoatchilik nazorati subyektlarining axborot olishga boʻlgan huquqi, agar mazkur axborot shaxsga doir maʼlumotlar yoxud davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, cheklanishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
8-modda. Davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2015-yil 25-noyabrdagi 140-mh va 05-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hayʼat majlislarida hozir boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 2742, 2015-yil 22-dekabr).
Davlat organlari oʻzining ochiq hayʼat majlislarida jamoatchilik nazorati subyektlari ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi.
9-modda. Jamoatchilik muhokamasi
Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir.
Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasining tashkilotchisi jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalar, muhokamani oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik muhokamasining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi.
10-modda. Jamoatchilik eshituvi
Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yigʻilish jamoatchilik eshituvidir.
Jamoatchilik eshituvini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.
Jamoatchilik eshituvi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari jamoatchilik eshituviga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli.
Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalar, eshituvni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik eshituvining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi.
11-modda. Jamoatchilik monitoringi
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoatchilik monitoringi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin.
Jamoatchilik monitoringining tashkilotchisi jamoatchilik monitoringining obyekti, uni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi.
12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi
Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni oʻrganish hamda baholashdan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrdagi OʻRQ-409-son “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-408-son “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 40-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 43-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin.
13-modda. Jamoatchilik fikrini oʻrganish
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik fikrini oʻrganish turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻgʻrisidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini taʼminlashga doir faoliyati toʻgʻrisidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yigʻish, umumlashtirish hamda tahlil etishdan iboratdir.
Jamoatchilik fikrini oʻrganishni nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq oʻtkazishi mumkin.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish
Fuqarolar yigʻini:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini;
ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining, joylardagi taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini;
tegishincha oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotini;
tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalariga doir hisobotlarini eshitadi.
15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga, ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan soʻrab olishga;
(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga;
davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga;
jamoatchilik nazorati natijalarini eʼlon qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoatchilik nazorati subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(15-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi;
davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organlarining faoliyat koʻrsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun toʻsiqlar yaratmasligi;
fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan boʻlsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Davlat organlarining jamoatchilik nazorati sohasidagi huquq va majburiyatlari
Davlat organlari:
jamoatchilik nazorati subyektlaridan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida va uning natijalari haqida axborot olishga;
jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra tayyorlangan yakuniy hujjatlarda koʻrsatilgan takliflar va tavsiyalarga nisbatan asoslantirilgan eʼtirozlarini jamoatchilik nazorati subyektlariga yuborishga;
oʻzi amalga oshirayotgan faoliyat ustidan jamoatchilik nazorati masalalariga doir axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtirishga;
jamoatchilik nazoratini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
jamoatchilik nazorati subyektlariga jamoatchilik manfaatiga daxldor boʻlgan oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda taqdim etishi;
oʻziga jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan murojaatlar va soʻrovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqishi, murojaatlarga va soʻralayotgan axborotga javoblar taqdim etishi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar yoxud topshirilishi jamoat tartibiga va fuqarolarning hayotiga tahdid solishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar mustasno;
(16-moddaning uchinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan yuborilgan takliflar va tavsiyalarni, shuningdek yakuniy hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-sonli “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
17-modda. Jamoatchilik nazoratining natijalari
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazoratining natijalariga koʻra bayonnoma, xulosa, maʼlumotnoma shaklida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yakuniy hujjat axborot va tavsiya xususiyatiga ega boʻladi.
Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy hujjat davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, bundan qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan yakuniy hujjatlar mustasno boʻlib, bu haqda yakuniy hujjatni kiritgan jamoatchilik nazorati subyektiga oʻn kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-aprel,
OʻRQ-474-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 03/18/474/1062-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)