|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.03.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-61) 16-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-10]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasining 60 va 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibiga yoshga oid chegaralarni oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan standartlari va tavsiya etilgan amallar (Chikago Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan 172-tuzatish) talablarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida joriy qilish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. 65 yoshga toʻlgan uchuvchilar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.
Ekipaj tarkibi faqat bitta uchuvchidan iborat boʻlgan havo kemalarida xalqaro tijorat havo tushuvlarini bajaruvchi 60 yoshga toʻlgan havo kemalarining komandirlari (uchuvchilari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvozlarni bajarishda oʻz vazifalarini bajarishga qoʻyilmaydilar.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-mart,
113-N-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/1349-10/0949-son)