|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1928-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3517, 04.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 79-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1928, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 152-modda) bilan tasdiqlangan Advokat stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi)”.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida nashr etilishini taʼminlasin.
4. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-yanvar,
8-mh-son
Kelishilgan:
Advokatlar palatasi raisi v.b. Sh. SADIKOV
2018-yil 6-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1928-1/0520-son)