

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3480603" id="onLBC-3480603">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18933"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3480603" id="onLS-3480603">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3480858" id="-3480858">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3480859" id="-3480859">Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-3480860" id="-3480860">Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-dekabrda qabul qilingan <br />Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3480863" id="-3480863"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3480864" id="-3480864"><strong>1-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda) 25-moddasining <a href="/ru/acts/-112170?ONDATE=18.09.1993 00#-121314">birinchi qismiga </a>quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3480865" id="-3480865">quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3480866" id="-3480866">“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3480867" id="-3480867"><a href="/ru/acts/-112170?ONDATE=18.09.1993 00#-121333">oʻn uchinchi xatboshi </a>oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4706332" id="edi-4706332"><a href="/ru/acts/-3480603?ONDATE=01.01.2018 00#-4706331">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4706332" id="-4706332">(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli <a href="/ru/acts/-4686339?ONDATE=08.01.2020 00#-4688019">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482663" id="-3482663"><strong>3-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/ru/acts/-2304138">Budjet kodeksiga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482665" id="-3482665">1) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308753">28-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482672" id="-3482672">birinchi qismining <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308764">oʻn birinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482675" id="-3482675">“qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish toʻgʻrisida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482676" id="-3482676">quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482677" id="-3482677">“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482680" id="-3482680"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308765">ikkinchi qismi</a> uchinchi qism deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482682" id="-3482682">2) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308869">36-moddaning</a> matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482684" id="-3482684">“Davlat maqsadli jamgʻarmalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482685" id="-3482685">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482687" id="-3482687">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482689" id="-3482689">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482690" id="-3482690">Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482692" id="-3482692">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482693" id="-3482693">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482695" id="-3482695">3) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308881">38-moddadagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482696" id="-3482696">4) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308884">39-moddadagi </a>“Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482698" id="-3482698">5) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308888">41-modda </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482699" id="-3482699">“41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482700" id="-3482700">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi taʼlim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, jihozlashga (toʻliq jihozlashga) yoʻnaltiriladigan, ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan majburiy toʻlovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482701" id="-3482701">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organi Jamgʻarmani boshqarish kengashidir”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482702" id="-3482702">6) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308891">42-moddadagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482704" id="-3482704">7) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2308894">43-modda </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482705" id="-3482705">8) 51-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=14.06.2017 00#-3279391">5-bandidagi </a>“va jarima sanksiyalari” degan soʻzlar “jarima sanksiyalari va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482707" id="-3482707">9) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310891">52-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482708" id="-3482708">birinchi qismi <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310903">2-bandining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482709" id="-3482709"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310906">ikkinchi xatboshisi </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482710" id="-3482710"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310908">uchinchi — yettinchi xatboshilari </a>tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482711" id="-3482711"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310908">ikkinchi xatboshisidagi </a>“transport vositalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482712" id="-3482712"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310916">ikkinchi qismidagi </a>“va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482713" id="-3482713">quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482714" id="-3482714">“Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482715" id="-3482715">10) 54-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310925">nomidagi</a> va <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310926">birinchi xatboshisidagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482716" id="-3482716">11) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310935">55-modda </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482717" id="-3482717">“55-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlarini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482718" id="-3482718">Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482720" id="-3482720">davlat mulki boʻlgan korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi aksiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482721" id="-3482721">ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482722" id="-3482722">davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482723" id="-3482723">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482724" id="-3482724">12) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310946">57-modda </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482725" id="-3482725">“57-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlarini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482726" id="-3482726">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482728" id="-3482728">Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482731" id="-3482731">Davlat budjeti mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482732" id="-3482732">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482734" id="-3482734">13) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310952">58-moddadagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482736" id="-3482736">14) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2310957">59-modda </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482738" id="-3482738">15) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311036">69-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482739" id="-3482739"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311037">birinchi qismining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482741" id="-3482741"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311042">oltinchi xatboshisi </a>“davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan soʻzlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482742" id="-3482742"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311043">yettinchi xatboshisidagi </a>“adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482745" id="-3482745"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311046">ikkinchi qismi </a>“Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482747" id="-3482747">16) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311047">70-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482754" id="-3482754"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311048">birinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482756" id="-3482756"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311049">1-bandining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482758" id="-3482758"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311051">uchinchi xatboshisidagi </a>“Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482760" id="-3482760"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311060">oʻn ikkinchi xatboshisi </a>“jamoat ishlarini moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482763" id="-3482763"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311062">3-bandi</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482765" id="-3482765"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311065">toʻrtinchi xatboshisidagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482767" id="-3482767">quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482769" id="-3482769">“Sof ichimlik suvi” jamgʻarmasi orqali ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482772" id="-3482772"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311069">5-bandi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482775" id="-3482775"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311069">birinchi xatboshisi </a>“davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini” degan soʻzlardan keyin “adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482786" id="-3482786">quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482788" id="-3482788">“adliya va prokuratura organlarini”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482790" id="-3482790"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311077">6-bandidagi </a>“adliya va prokuratura organlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482792" id="-3482792">ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311095">ikkinchi xatboshisidagi </a>“va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482794" id="-3482794">17) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311098">71-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482796" id="-3482796"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311099">birinchi qismi</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482798" id="-3482798"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311100">1-bandi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482803" id="-3482803"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311101">ikkinchi xatboshisidagi </a>“oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482806" id="-3482806">quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482809" id="-3482809">“kam taʼminlangan oilalarga toʻlanadigan ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482816" id="-3482816"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311109">2-bandi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482818" id="-3482818"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311114">oltinchi xatboshisi </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482820" id="-3482820"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311115">yettinchi xatboshisi </a>oltinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482821" id="-3482821">quyidagi mazmundagi 6<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482827" id="-3482827">“6<sup>1</sup>) harbiy-maʼmuriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482830" id="-3482830"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311123">ikkinchi qismidagi </a>“va oʻtkazib beriladigan daromadlar” degan soʻzlar “oʻtkazib beriladigan daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482835" id="-3482835">18) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311124">72</a> va <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311140">73-moddalar </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482838" id="-3482838">“72-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482844" id="-3482844">Tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482848" id="-3482848">1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482850" id="-3482850">tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari va maktabgacha taʼlim boʻlimlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan taʼlim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482852" id="-3482852">tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482854" id="-3482854">qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sogʻligʻini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482855" id="-3482855">tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482856" id="-3482856">uyda ijtimoiy yordam koʻrsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482858" id="-3482858">2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482860" id="-3482860">tumanlar va shaharlar davlat veterinariya boʻlimlari, laboratoriyalarni saqlab turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482863" id="-3482863">shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarni, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482873" id="-3482873">uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarida taʼmirlash ishlarini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482875" id="-3482875">aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482877" id="-3482877">3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning boʻlimlarini saqlab turish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482878" id="-3482878">4) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482879" id="-3482879">5) tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalarini shakllantirish xarajatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482883" id="-3482883">6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482885" id="-3482885">73-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482887" id="-3482887">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qoʻshimcha, koʻzda tutilmagan xarajatlar oʻz vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash uchun tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482889" id="-3482889">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlarning budjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482894" id="-3482894">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalarining miqdori makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi hamda Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482896" id="-3482896">Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482898" id="-3482898">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarining taqsimlovchilari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482902" id="-3482902">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482903" id="-3482903">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda koʻrsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482905" id="-3482905">Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat budjetida ham mablagʻlar nazarda tutilgan boʻlsa, u holda tegishli zaxira jamgʻarmalarining mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar faqat ilgari tegishli budjetda nazarda tutilgan mablagʻlar sarflab boʻlinganidan keyingina kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482907" id="-3482907">Agar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega boʻlsa, u holda foydalanilmay qolgan mablagʻlar tadbirlarni oʻtkazish muddati tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli zaxira jamgʻarmasiga tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482908" id="-3482908">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan budjetdan ajratilgan mablagʻlar moliya yili tugagach tegishli budjetga tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482910" id="-3482910">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlariga tegishli zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishi toʻgʻrisida har chorakda hisobot taqdim etadi”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482912" id="-3482912">19) 75-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311161">nomidagi</a> va <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311162">birinchi xatboshisidagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482913" id="-3482913">20) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311169">76-moddadagi </a>“Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482915" id="-3482915">21) 77-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=27.12.2016 00#-3090083">yettinchi xatboshisi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482916" id="-3482916">“bandlikka koʻmaklashish markazlari boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482918" id="-3482918">22) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311226">78-modda </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482921" id="-3482921">“78-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining xarajatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482922" id="-3482922">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482923" id="-3482923">maktabgacha taʼlim muassasalarini, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini, oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482924" id="-3482924">sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482925" id="-3482925">belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482926" id="-3482926">23) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311232">79-moddadagi </a>“Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482928" id="-3482928">24) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311371">80-modda </a>chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482929" id="-3482929">25) 95-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311583">beshinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482934" id="-3482934">“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari bilan qoplanmasa, yoʻl qoʻyilmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482937" id="-3482937">26) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311627">98-moddaning</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482938" id="-3482938"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311650">yettinchi xatboshisidagi </a>“va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482939" id="-3482939"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311657">oʻninchi xatboshisidagi </a>“Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482943" id="-3482943">27) 99-modda <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311662">ikkinchi qismining</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482945" id="-3482945"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311664">ikkinchi xatboshisidagi </a>“va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482946" id="-3482946"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311671">toʻrtinchi xatboshisi </a>“Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482950" id="-3482950">28) <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311679">100-modda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482958" id="-3482958">birinchi qismining <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311684">ikkinchi xatboshisidagi </a>“va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482959" id="-3482959">ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=30.12.2015 00#-2857512">ikkinchi xatboshisidagi </a>“hamda dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482962" id="-3482962">29) 107-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2311869">uchinchi qismi </a>“Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482964" id="-3482964">30) 112-moddaning oltinchi qismi <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312031">oʻn toʻqqizinchi xatboshisi </a>“Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlardan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482966" id="-3482966">31) 119-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312109">birinchi qismi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482970" id="-3482970">quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482971" id="-3482971">“davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482977" id="-3482977"><a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312117">beshinchi xatboshi </a>oltinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482978" id="-3482978">32) 134-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312390">birinchi qismidagi </a>“va oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar” degan soʻzlar “oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482980" id="-3482980">33) quyidagi mazmundagi 138<sup>1</sup>-modda bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3482985" id="-3482985">“138<sup>1</sup>-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482986" id="-3482986">Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482990" id="-3482990">Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482993" id="-3482993">Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga – asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482994" id="-3482994">Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482997" id="-3482997">Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3482998" id="-3482998">34) 140-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312564">uchinchi qismi </a>“oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi” degan soʻzlardan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483000" id="-3483000">35) 156-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2312890">uchinchi qismi </a>quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483001" id="-3483001">“Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishdan olingan tushumlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483002" id="-3483002">Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483003" id="-3483003">mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha chora-tadbirlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483004" id="-3483004">36) 177-moddaning <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2313317">nomi</a> va <a href="/ru/acts/-2304138?ONDATE=01.01.2014 00#-2313320">birinchi xatboshisi </a>quyidagi tahririda bayon etilsin:</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-3483006" id="-3483006">“177-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483010" id="-3483010">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483011" id="-3483011"><strong>4-modda.</strong> Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483014" id="-3483014">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483015" id="-3483015">davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483017" id="-3483017">ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3483019" id="-3483019"><strong>5-modda.</strong> Ushbu Qonun 2018-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4706335" id="edi-4706335"><a href="/ru/acts/-3480603?ONDATE=01.01.2018 00#-3483021">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4706335" id="-4706335">(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli <a href="/ru/acts/-4686339?ONDATE=08.01.2020 00#-4688021">Qonuniga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3483022" id="-3483022">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3483024" id="-3483024">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3484427" id="-3484427">2017-yil 29-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3484433" id="-3484433">OʻRQ-454-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3480861" id="-3480861">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
