1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Tabiiy resurslar / Er osti boyliklari;
3.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Aholining va mamlakat iqtisodiyotining uglevodorodlarga boʻlgan ehtiyojini barqaror taʼminlash, neftgaz tarmogʻining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini turgʻun rivojlantirish va oshirib borish, istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar va obyektlar qurishni jadallashtirish yoʻli orqali uglevodorod qazib olish hajmlarini yanada barqaror saqlab turish hamda oshirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish hisobiga ularni jihozlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo va Fargʻona neftgaz va gazkondensat konlarida uglevodorodlarni qazib olish hajmlarini barqaror saqlab turish va yanada oshirish uchun 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqildi;
“Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprombank” AJ oʻrtasida oʻzaro kelishilgan shartlarda Dasturni birgalikda moliyalashtirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2607-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Sechankoʻl, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida, shuningdek, Urga, Oqchaloq va Chandir guruhi konlarini oʻrganish geologiya qidiruv ishlarini olib borish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Gazprom” JAJ (Rossiya) kompaniyasining — hamkor “Gas Project Development Central Asia AG” kompaniyalari tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Natural Gas Stream” qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda — qoʻshma korxona) tashkil etildi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
Dasturni amalga oshirish “Oʻzbekneftgaz” MXK milliy valyutadagi oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Dastur boʻyicha ishlarni amalga oshirishni tashkil etish va xorijiy valyutada belgilangan xarajatlar qismida ularni moliyalashtirish uchun xorijiy korxonani jalb etish hisobiga amalga oshiriladi;
tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishga oid tanlov savdolarini oʻtkazish qoʻshma korxonaning ichki nizomiga muvofiq tanlov komissiyasi tarkibida “Oʻzbekneftgaz” MXK vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
2. 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib olishni koʻpaytirish Dasturi:
2017 — 2021-yillarda neftgaz konlarini qurish va jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini oʻz ichiga olgan holda tasdiqlansin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Dasturning amalga oshirilishi, jalb qilinayotgan kreditlardan maqsadli va samarali ishlatilishi, zarur hollarda Dastur parametrlariga aniqlik va tuzatishlar kiritilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
“Oʻzbekneftgaz” AJ (A. Sultanov) va “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ (D. Xaqberdiyev) rahbarlari zimmasiga, Dasturni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja doirasida tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejalarini oʻz ichiga olgan holda Dasturning asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
3. “Oʻzbekneftgaz” MXK ikki oy muddatda:
“Oʻzbekneftgaz” MXK va qoʻshma korxona masʼuliyatini aniq koʻrsatib beradigan Dasturni amalga oshirish mexanizmini;
“Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlari tomonidan 2017-yilda eksport qilish uchun qoʻshma korxonaga sotiladigan tabiiy gaz hajmlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish shartlarini hisobga olgan holda bajariladigan ishlar hajmlari va narxlarini;
2018-yildan boshlab toki kreditlar va ularning foizlari, shuningdek, Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq uzilgunicha, keyinchalik eksport qilish uchun qoʻshma korxonaga “Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlari tomonidan sotiladigan tabiiy gaz hajmlari, xorijiy kreditlarni jalb etish shartlarini hisobga olgan holda bajarilgan ishlarning har yilgi hajmlari va narxlarini belgilash, kelishish va tasdiqlash tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
5. Dasturni amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” MXKning:
Dastur chora-tadbirlarini bajarish uchun “Oʻzbekneftgaz” MXK tashkilotlarining, ularni modernizatsiya qilish va qoʻshimcha jihozlashni nazarda tutgan holda mavjud quvvatlari, uskunalari va maxsus texnikasini jalb qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. “Oʻzbekneftgaz” AJga, uning tarkibiy boʻlinmalariga, qoʻshma korxona va moliyalashtirayotgan bankka, istisno tariqasida, Dasturni amalga oshirish doirasida:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
ish hujjatlari asosida — obyektlarni qurish uchun loyiha hujjatlarini bir bosqichli tartibda ishlab chiqish;
2018-yilning 1-yanvarigacha loyihalashtirish, muhandislik ishlari, texnik xizmat koʻrsatish, sogʻliqni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va atrof muhitni asrash boʻyicha xalqaro normalar va standartlar talablariga muvofiq obyektlarni bir vaqtning oʻzida qurish hamda ulardan foydalanishni amalga oshirishga;
tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga muvofiq, qurilishi tugallangan obyektlarni “Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlariga topshirishga ruxsat etilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra Dasturni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tasdiqlanadigan, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra Dasturni amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiska va vaqtinchalik propiska muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-oktabrdagi PF-5207-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mahalliy mutaxassislar boʻlmagan holda qoʻshma korxonaga belgilangan tartibda turdosh mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini, shuningdek, qoʻshma korxonaning talabnomalariga koʻra — xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 9-mart,
PQ-2822-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda neftgaz konlarini qurish va jihozlash boʻyicha
Burgʻulash qurilmalarini toʻliq butlab modernizatsiya qilgan holda yangi burgʻulash quduqlarni qurish va ularni ishga tushirish
dona
141
107
194
82
78
502
umumiy qiymati
730,3
496,7
300,3
239,6
208,9
1 975,8
1.2
Quduqlarni kapital taʼmirlash uchunqurilmalarni toʻliq butlab va modernizatsiya qilgan holda quduqlarni kapital taʼmirlash
dona
84
80
66
86
104
420
umumiy qiymati
19,3
10,3
7,2
8,8
12,2
57,9
1.3
Quduqlarniobodonlashtirish (shleyflar, zadvijkalar, quduqlar boshi, taqsimlash blogi va boshqalar)
uzunligi, km
404,0
333,0
431,0
397,0
408,0
1 973,0
umumiy qiymati
99,2
75,6
63,4
57,8
62,5
358,5
1.4
Texnologik qurilmalar (gazni kompleks tayyorlash qurilmasi, oltingugurtdan tozalash qurilmalarini oʻrnatish, metanoldan (MTG) benzin ishlab chiqarish qurilmasini oʻrnatish va boshqalar)ni qurish
obyekt
2
3
1
6
umumiy qiymati
132,2
142,2
25,0
299,4
1.5
Siqish kompressor stansiyalarini qurish
obyekt
1
1
1
3
umumiy qiymati
65,0
52,0
53,7
170,7
1.6
Yangi gaz quvurlari (kon quvurlari va konlararo quvurlar)ni qurish
uzunligi, km
234,0
86,0
55,0
50,0
45,0
470,0
umumiy qiymati
72,9
512
7,0
7,0
6,3
145,3
1.7
Blok-modulli gaz generatorli qurilmalarni qurish
dona
1
1
2
4
umumiy qiymati
5,2
5,2
10,3
20,7
1.8
Blok-modulli boshlangʻich kompressor qurilmalarini qurish
dona
1
5
4
10
umumiy qiymati
1,7
13,2
6,6
21,5
JAMI:
umumiy qiymati
1 120,6
847,4
408,0
313,2
360,5
3 049,7
II. Neft qazib olish
2.1
Burgʻulash qurilmalarini toʻliq butlab modernizatsiya qilgan holda burgʻilashdan yangi burgʻulashquduqlarni qurish va ularni ishga tushirish
dona
12
36
51
59
58
216
umumiy qiymati
66,7
169,8
157,3
180,1
166,7
740,5
2.2
Quduqlarni kapital taʼmirlash uchunqurilmalarni toʻliq butlab va modernizatsiya qilgan holda quduqlarni kapital taʼmirlash
dona
98
66
80
68
52
364
umumiy qiymati
20,1
12,1
15,2
13,2
9,6
70,2
2.3
Quduqlarni obodonlashtirish (shleyflar, zadvijkalar, quduqlar boshi, taqsimlash blogi va boshqalar
km
31,0
39.0
54,0
64,0
63,0
251,0
umumiy qiymati
8,0
6,7
9,7
11,7
11,3
47,4
2.4
Texnologik qurilmalar (neftni tayyorlash va neftni yigʻish punktlari qurilmasi) ni qurish
obyekt
1
1
1
3
umumiy qiymati
0,02
0,02
0,02
0,05
JAMI:
umumiy qiymati
94,8
188,7
182,2
205,0
858,2
Umumiy:
umumiy qiymati
1 215,3
1 036,1
590,2
518,2
548,0
3 907,9
Izoh. Ishlar hajmi va qiymati Dasturni amalga oshirish davomida hamda tanlov savdolarini oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlanadi.