Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.12.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DIPLOMATIK PASPORTI BERILADIGAN MANSABDOR SHAXSLAR RO‘YXATIGA QO‘SHIMCHA KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan 6-ro‘yxat (3-ilova) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari liniyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga diplomatik lavozimlarga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga ko‘ra”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-iyul,
311-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 26-son, 302-modda)