Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1871-sonli Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari eksporti salohiyatini yanada kengaytirish va ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1871-sonli Farmonining 4-ilovasi beshinchi qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:

5.

Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari

0201 — 0210 (0207 53 000, dan tashqari, shuningdek,

0207 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0), 0207 53 000 TIF TR kodi boʻyicha tovuq oyoqchalari)

”.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-may,
PF-5034-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 377-modda)