|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.01.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-sonli “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-sonli Farmonini bajarish yuzasidan hamda yagona davlat investitsiya siyosatini yuritish va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni taʼminlash maqsadida:
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
zimmasiga yuklangan asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlarini eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi markaziy apparatining xodimlariga nisbatan joriy etilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 9-yanvardagi PQ–2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi, shuningdek tumanlar va shaharlar investitsiyalar boʻyicha boʻlimlarining xodimlariga nisbatan joriy etilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xodimlarining shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi xodimlarini ragʻbatlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisiga budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda budjetdan tashqari Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalarini belgilasin hamda jamgʻarma toʻgʻrisidagi Nizomni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini oʻrnatilgan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi va Internet aloqasi bilan, shuningdek qoʻmitaning samarali ishlashi uchun zarur boʻlgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti yuborilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-aprel,
PQ-2868-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 219-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 07/17/3326/0113-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)