

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114302" id="onLBC-3114302">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6118"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC6982"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3114302" id="onLS-3114302">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;</span></div><div id="LS3743"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3114306" id="-3114306">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3114307" id="-3114307">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3114308" id="-3114308">Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3114309" id="-3114309"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6895597" id="-6895597"><em>Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PF-64-sonli “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-6891964?ONDATE=22.04.2024 00#-6893496">Farmoniga</a><em> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114310" id="-3114310">Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yoʻl xoʻjaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan toʻlaqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida: </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114311" id="onLBC-3114311">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6144"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114311" id="-3114311">1. Tugatilayotgan Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtoyoʻl” DAK) negizida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkil etilsin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114312" id="onLBC-3114312">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6118"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114312" id="-3114312">2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114313" id="-3114313">majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar boʻyicha Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining (“Oʻzavtoyoʻl” DAK) huquqiy vorisi hisoblanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114314" id="-3114314">avtomobil yoʻllari sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114315" id="onLBC-3114315">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC7088"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit;</span></div><div id="LBC22713"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114315" id="-3114315">3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114316" id="-3114316">avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114317" id="-3114317">avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114318" id="-3114318">avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114319" id="-3114319">avtomobil yoʻllarining xalqaro tranzit yoʻlaklarini shakllantirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114320" id="-3114320">zamonaviy transport oqimi sharoitlarida avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini taʼminlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114321" id="-3114321">avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114322" id="-3114322">xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining mavjud tarmogʻi saqlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport-foydalanish darajasida boʻlishini taʼminlash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114323" id="-3114323">ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114324" id="-3114324">avtomobil yoʻllari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, chet ellarda oʻquv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114325" id="-3114325">4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114326" id="onLBC-3114326">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6119"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114326" id="-3114326">5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114327" id="-3114327">6. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114328" id="-3114328">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi ishlarida, yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114329" id="-3114329">qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114330" id="-3114330">yoʻl qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114331" id="-3114331">yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114332" id="onLBC-3114332">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6564"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;</span></div><div id="LBC6982"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114332" id="-3114332">7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114333" id="-3114333">Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushumi hamda sarfining yillik va choraklik hisobotlarini shakllantirish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114334" id="-3114334">yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning nomma-nom roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114335" id="-3114335">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114336" id="-3114336">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114337" id="onLBC-3114337">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6564"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;</span></div><div id="LBC8794"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;</span></div><div id="LBC21086"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;</span></div><div id="LBC6982"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi;</span></div><div id="LBC7082"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;</span></div><div id="LBC7491"><span class="iorRN">7.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114337" id="-3114337">8. Belgilansinki: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114338" id="-3114338">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga mablagʻlarni yigʻish va tushumlarning toʻliqligini nazorat qilish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga va Ichki ishlar vazirligiga yuklanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114339" id="-3114339">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlaridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklanadi; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5129579" id="-5129579"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5129585" id="-5129585">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlariga, shu jumladan, avtomobil yoʻllarini mukammal taʼmirlash obyektlarining ish hujjatlarini va avtomobil yoʻllarini jihozlash boʻyicha tanlov hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi funksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasiga yuklanadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5129588" id="-5129588">(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli <a href="/ru/acts/-3565230?ONDATE=20.02.2018 00#-4464625">qaroriga </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114341" id="-3114341">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy yigʻimlar hisoblanadi, ularning miqdori har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlanishi bilan bir vaqtda belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114342" id="-3114342">9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114343" id="-3114343">bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etishni hamda 2017-2018-yillarda hududiy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlarini nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini kiritsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114344" id="-3114344">bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114345" id="-3114345">10. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3114346" id="onLBC-3114346">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18934"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114346" id="-3114346">11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-avgustdagi PF-3292-son <a href="/ru/acts/-173068">Farmoni</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3114347" id="-3114347">12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3114348" id="-3114348">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3114349" id="-3114349">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3114350" id="-3114350">2017-yil 14-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3114351" id="-3114351">PF-4954-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3114352" id="-3114352"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3114353" id="-3114353">Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3114354" id="-3114354"><strong>ShARH</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3114355" id="-3114355"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3114356" id="-3114356"><p style="BACKGROUND: white" align="center"><span style="TEXT-TRANSFORM: uppercase; COLOR: navy"></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Yoʻl xoʻjaligi sohasining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yuksak ahamiyatga ega ekani uning muhim xususiyati hisoblanadi. </span><span style="COLOR: black">Iqtisodiyotning umumiy rivoji, aholi barcha qatlamlarining hayot sifati ayni shu tizimning samarali faoliyat koʻrsatishiga bogʻliq.</span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Mustaqillik yillarida viloyatlar va tumanlarning maʼmuriy markazlarini bogʻlovchi keng tarmoqli transport aloqalari hamda davlatlararo xavfsiz transport tashuvlarini taʼminlashga qaratilgan yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Ayni vaqtda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini boshqarish tizimi, avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ana shu yoʻllarning bugungi kundagi holati bilan bogʻliq bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Mamlakatimizda avtomobil yoʻllari tarmogʻi boʻyicha yuzaga kelgan haqiqiy holat va rivojlanish darajasi yoʻl xoʻjaligining barcha yoʻnalishlariga doir aniq va samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni, avtomobil yoʻllarini boshqarishda hamda iqtisodiyot va aholi ehtiyojlariga muvofiq respublikamizda yoʻl tarmogʻi holatini sifat jihatidan oʻzgartirishga qaratilgan qoʻshimcha choralar qabul qilishni taqozo etmoqda. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish ishlariga kompleks yondashish asosida yoʻl xoʻjaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, bu borada loyihalashtirish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan toʻlaqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida <strong>Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.</strong> Farmonda tugatilayotgan Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtoyoʻl” DAK) negizida Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasini tashkil etish nazarda tutiladi. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><strong><span style="COLOR: black">Avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi sifatida Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi: </span></strong></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">avtomobil yoʻllarining xalqaro tranzit yoʻlaklarini shakllantirish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini taʼminlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining mavjud tarmogʻi saqlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori boʻlishini taʼminlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini taʼminlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">avtomobil yoʻllari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda oʻquv-amaliyot kurslari �a seminarlar tashkil etish. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><strong><span style="COLOR: black">Farmonda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yoʻl-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat olib boradigan Davlat inspeksiyasini tashkil etish nazarda tutilgan. </span></strong></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi: </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi ishlarida, yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida qatnashish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">yoʻl qurilishi boʻyicha shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><strong><span style="COLOR: black">Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: </span></strong></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari tushumi va sarf-xarajatlarining yillik va choraklik balanslarini shakllantirish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">yoʻl xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlashning manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda kelishish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va ularni saqlash xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq moliyalashtirish. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Keng qamrovli avtomobil yoʻllari tarmogʻini yanada rivojlantirish, yuksak xalqaro talablarga javob beradigan transport kommunikatsiyalari tizimining xalqaro transport yoʻlaklariga keng integratsiyalashuvini taʼminlash, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va saqlashga yoʻnaltiriladigan davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, yoʻl korxonalari tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida <strong>Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda:</strong></span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">— Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi huzurida Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasini tashkil etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">— “Oʻzavtoyoʻl” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yoʻllardan foydalanish tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining hududiy bosh boshqarmalari etib qayta tashkil etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">— Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmatini belgilangan tartibda tashkil etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">— Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmalari huzurida mintaqaviy avtomobil yoʻllarini taʼmirlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etish nazarda tutiladi. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tarkibiga berilmoqda. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Ayni vaqtda qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining holati bilan bogʻliq boʻlgan bir qator muammolar hal etilmasdan qolmoqda, ushbu avtomobil yoʻllarining aksariyat qismi belgilangan sifat va xavfsiz harakatlanish talablariga javob bermaydi. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Yangi turar joy mavzelarining barpo etilishi, shaharlarning kengaytirilishi, transport vositalari sonining jiddiy koʻpayishi mintaqaviy avtomobil yoʻllari holatini tubdan yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrishni talab qiladi. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Tuman va shaharlarning yoʻl tashkilotlari yoʻl-taʼmirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada taʼminlanmagan, har yili ajratilayotgan mablagʻlar xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarini zarur darajada saqlash va taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishini taʼminlash uchun yetarli emas. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Shu munosabat bilan mintaqaviy avtomobil yoʻllarining yoʻl qoplamalari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yoʻl-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbolli rivojlantirish maqsadida <strong>Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi</strong>. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Dasturda quyidagi vazifalar nazarda tutilgan: </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda — 2700 kilometr, 2018-yilda — 2754 kilometr xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning koʻchalarini joriy taʼmirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yoʻllarni taʼmirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni 330 ta yoʻl texnikasi bilan taʼminlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">mavjud respublika xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar koʻchalarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 295 kilometr, Andijon viloyati boʻyicha — 324 kilometr, Buxoro viloyati boʻyicha — 439 kilometr, Jizzax viloyati boʻyicha — 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati boʻyicha — 679 kilometr, Navoiy viloyati boʻyicha — 216 kilometr, Namangan viloyati boʻyicha — 309 kilometr, Samarqand viloyati boʻyicha — 479 kilometr, Surxondaryo viloyati boʻyicha — 535 kilometr, Sirdaryo viloyati boʻyicha — 267 kilometr, Toshkent viloyati boʻyicha — 516 kilometr, Fargʻona viloyati boʻyicha — 520 kilometr, Xorazm viloyati boʻyicha — 321 kilometr va Toshkent shahri boʻyicha — 332 kilometr yoʻllar va koʻchalarni taʼmirlash nazarda tutilgan. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><strong><span style="COLOR: black">Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi: </span></strong></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">birinchidan, yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining zamonaviy tarmogʻini yanada rivojlantirish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">ikkinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini saqlash, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">uchinchidan, loyihalashtirish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan toʻlaqonli buyurtmachi xizmatini tashkil etish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">toʻrtinchidan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yoʻl qurilishi ishlarida, yoʻl-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">beshinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq oʻz vaqtida moliyalashtirish; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">oltinchidan, avtomobil yoʻllarini, ayniqsa, qishloq avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda yangi tuzilma, yashash uchun qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yaxshilash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">yettinchidan, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita ishlab chiqarish korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha tashkilotlarida amaliy mashgʻulotlarni tizimli tashkil etish yoʻli bilan taʼlim sifatini oshirishni taʼminlash va umuman, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">sakkizinchidan, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini saqlashga tegishli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yoʻllarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">toʻqqizinchidan, avtomobil yoʻllarini pasportlashtirish va yoʻllarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. </span></span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 35.4pt; BACKGROUND: white"><span><span style="COLOR: black">Muxtasar qilib aytganda, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.</span></span></p>
<p></p></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3122876" id="-3122876">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 7-son, 84-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
