O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATINING
Qarori
BUXORO VILOYaTI TARKIBIDA QOROVULBOZOR TUMANI TUZISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimi va Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining iltimoslari qondirilib, viloyat tarkibida ma’muriy markaz Qorovulbozor shahrida bo‘lgan yangi Qorovulbozor tumani tuzilsin.
Qorovulbozor tumani tarkibiga Kogon tumanining Qorovulbozor shahri va Navbahor qishlog‘i, shuningdek Buxoro tumani Losha qishlog‘i hududining “Qorovulbozor” davlat xo‘jaligi foydalanib kelayotgan yerlardan iborat (ushbu davlat xo‘jaligining Amu-Buxoro kanalining chap qirg‘oq tomonidagi yerlaridan tashqari) qismi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Kogon tumani Kengashining yangi tuzilayotgan Qorovulbozor hududida joylashgan okruglardan saylangan deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining deputatlari bo‘ladilar.
Xalq deputatlari Qorovulbozor tumani kengashi tuzilgan Qorovulbozor tumani davlat hokimiyatining muxtor vakillik idorasi deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdig‘iga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 12-yanvar,
778-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 125-modda)