Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi :
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oliy sud Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarori:
7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “247-moddasi 3-qismining “z” bandi” soʻzi “247-moddasi uchinchi qismining “v” bandi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanishi haqida”gi 12-sonli qarori:
a) 17-bandi birinchi xatboshisidagi “korxona rahbari” soʻzlari “korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 45-bandi ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarilsin.
5. Oliy sud Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini koʻrib chiqish amaliyoti haqida”gi 31-sonli qarori:
a) 1-bandidagi “gʻayriqonuniy” soʻzi “asossiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi talabiga muvofiq, fuqarolarning murojaatlari, agar ular qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan boʻlsa, uzogʻi bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga joʻnatiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni koʻrib chiqish uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning oʻziga joʻnatish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga joʻnatish uchun zarur maʼlumotlar boʻlmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning oʻziga qaytariladi.
Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha axborotlar, maʼlumotnomalar va materiallarga zarurat paydo boʻlsa, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan davlat organining mansabdor shaxsi qoʻshimcha axborot toʻplashi mumkin.
Fuqarolarning murojaatini koʻrib chiqayotgan davlat organi zarur hollarda murojaat joyning oʻzida koʻrib chiqilishini taʼminlashi kerak.
Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning oʻzi yoki boshqa shaxs yoʻqligida murojaatni koʻrib chiqishning imkoni boʻlmasa, ular davlat organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Oliy sud Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 16-sonli qarori:
b) 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarilsin;
v) 9-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Nizo boʻlmagan hollarda” soʻzlari chiqarilsin.
8. Oliy sud Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori:
17-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudi va Respublika harbiy sudi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va viloyat sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oliy sud Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi “Harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori:
preambuladagi “16-moddasiga” soʻzi “17-moddasiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
10. Oliy sud Plenumining 2000-yil 22-dekabrdagi “Meros huquqiga oid qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 33-sonli qarori:
preambuladagi “16-moddasiga” soʻzi “17-moddasiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
11. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 5-sonli qarori
12-bandining uchinchi xatboshisi chiqarilsin.
Oliy sud raisi F. MUHITDINOVA
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi X. HASANOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-dekabr,
20-son