O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASIGA RESPUBLIKADA MILLIY VALYuTA JORIY ETISh TO‘G‘RISIDA QARORLAR QABUL QILISh VAKOLATINI BERISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzasida bayon qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi pul islohoti masalalariga doir xulosalar va takliflar to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlansin. Rossiya va Qozog‘iston bilan kelishilgan holda O‘zbekistonni rubl zonasida saqlab qolish hamda 1961—1992-yillarda chiqarilgan pullarni 1993-yilda chiqarilgan pullarga almashtirish yuzasidan barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarurat bo‘lsa milliy valyuta joriy etish yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qilish vakolati berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
952-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 352-modda)