Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatbaho metallarni xarid qilish, saqlash va sotish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 31-oktabrdagi PF-3346-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2004-yil 1-yanvardan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 13-martdagi 129-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi tarkibidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1997-yilgi 24-dekabrdagi 566-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-noyabr,
487-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 208-modda)