Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.02.1994
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON ShARTNOMALAR VA SAVDO DAVLAT AKSIONERLIK UYuShMASINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-sonli “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi “O‘zulgirjibirjasavdo”ni ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublika korxonalari va tashkilotlarini moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi bozor munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash, davlatlararo savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish, davlat ehtiyojlari hamda o‘zaro mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlarni ado etish uchun mahsulot ishlab chiqarish va uni yetkazib berish topshiriqlarini bajarish, shuningdek bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida moddiy zaxiralar bilan ta’minlashni tashkil qilishning asosiy shakli sifatida o‘zaro manfaatli bevosita xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ komiteti, unga qarashli birlashmalar va hududiy boshqarmalar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot komitetining Moddiy zaxiralar majmui hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xom ashyo va yengil sanoat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda sotish bosh boshqarmasining ayrim bo‘linmalari va ular xodimlarining soni hisobiga O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi tashkil qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibga muvofiq O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasiga qarashli respublika va viloyat moddiy-texnika ta’minoti bo‘linmalarini shartnomalar hamda tijorat-vositachilik xizmatlari respublika ixtisoslashtirilgan va hududiy aksionerlik firmalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur uyushma respublika tijorat-vositachilik xo‘jalik uyushmasi bo‘lib, davlat, jamoa, aksionerlik, ijara, kooperativ, xususiy va boshqa korxonalarni, yakka tartibda mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni moddiy-texnika ta’minoti sohasida paychilik asoslarida ixtiyoriy ravishda birlashtiradi va o‘z faoliyatini to‘la xo‘jalik hisobi qoidalariga muvofiq amalga oshiradi.
2. O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro manfaatli bevosita xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish hamda rivojlantirish yuzasidan tijorat-vositachilik va ishlab chiqarish xizmatlarini amalga oshirish, xomashyo va materiallar yetkazib berish bo‘yicha Vatanimizdagi va chet ellardagi tovar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish, moddiy zaxiralar va tovarlarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha iste’molchilarning erkin xarid qilishi va sotishini tashkil qilish;
moddiy-texnika ta’minoti sohasida bozor tarmoqlari majmuini rivojlantirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, savdo-vositachilik firmalari, tijorat markazlari, ulgurji va vositachi do‘konlar tarmog‘ini, tovar xomashyo birjalari va brokerlik idoralarini, lizing kompaniyalarini tashkil qilish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
respublika iste’molchilarini moddiy-texnika zaxiralari bilan ta’minlashni va birja bitimlari bo‘yicha mahsulot yetkazib berishni tashkil qilish masalalarida respublika birjalari, shuningdek boshqa davlatlarning birjalari bilan qalin hamkorlikni ta’minlash;
moddiy-texnika zaxiralariga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish, eng muhim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish nisbatlarini O‘zbekiston taraqqiyot istiqbollarini belgilash komiteti bilan birgalikda ishlab chiqish, davlat ehtiyojlari uchun ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish topshiriqlarini aniqlash hamda joylashtirish, Hamdo‘stlik davlatlari bilan hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarning loyihalarini tuzishga doir ishlarni tashkil qilish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
g‘oyat taqchil mahsulot turlari va tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport mahsulotlari yetkazib berishni yanada rivojlantirish, davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun chet ellardan moddiy-texnika zaxiralari hamda tovarlarni qo‘shimcha ravishda xarid qilish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
ikkilamchi zaxiralarni tayyorlash va qayta ishlashni tashkil qilish sanoat chiqitlaridan foydalanish, mahsulotlar joylanib, o‘raladigan idishlar tayyorlash va sotish.
3. Shu narsa belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi o‘zining huquq doirasida qabul qiladigan qarorlar qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik subyektlari uchun majburiydir;
iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq moddiy-texnika zaxiralari yetkazib berish to‘g‘risidagi buyurtmalarning ijrosi uchun, shuningdek hukumatlararo savdo-iqtisodiy bitimlarga muvofiq kelayotgan mahsulotlar o‘z vaqtida aniq, belgilangan miqdorda taqsimlanishi uchun O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasi javobgar bo‘ladi.
4. O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasiga hukumatlararo bitimlarning bajarilishi darajasiga qarab ana shu bitimlar bo‘yicha respublika korxonalarining g‘oyat muhim mahsulot turlari va tovarlar yetkazib berishini tartibga solib turish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida O‘zbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilib, uning Nizomini tasdiqlasin.
6. “O‘zbekiston SSR Moddiy-texnika ta’minoti davlat komitetini O‘zbekiston SSR Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ komitetiga aylantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston SSR Prezidentining 1991-yil 1-martdagi 148-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-fevral,
PF-357-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 207-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 81-modda)