Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 28-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2014 va 2015-yillar mobaynida:
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlasin;
zarur boʻlgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2014-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-dekabr,
OʻRQ-360-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-1-son)