

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.02.2023
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2259789" id="onLBC-2259789">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7105"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;</span></div><div id="LBC7615"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.20.00 Sud xodimlari. Malaka darajalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2259789" id="onLS-2259789">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS3800"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2259801" id="-2259801">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2259813" id="-2259813">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2259814" id="-2259814">Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2259815" id="-2259815"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6405914" id="-6405914">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-6404212?ONDATE=20.02.2023 00#-6404365">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259816" id="-2259816">Sud amaliyotida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabanda uchun javobgarlikka oid qonunchilikni qoʻllashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-68532#-70640">17-moddasiga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2259817" id="-2259817"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044405" id="-3044405"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044412" id="-3044412">1. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining <a href="/ru/acts/-2876354#-2876564">5-moddasi </a>va “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-31166#-31180">3-moddasi </a>mazmuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bilan ustma-ust tushadi. Bojxona chegarasiga qonunda erkin bojxona zonalari va erkin omborlar tegralari (perimetrlari) ham kiritilgan.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044416" id="-3044416">(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036880">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259818" id="-2259818">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini uning butkul davlat hududi tashkil etadi, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlari bundan mustasno (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259819" id="-2259819">2. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona <a href="/ru/acts/-2876354">kodeksi </a>(bundan buyon matnda – BK) va boshqa qonun hujjatlari bilan qatʼiy belgilangan. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda oʻtkazish qonunga xilof hisoblanadi va maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044430" id="-3044430"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044432" id="-3044432">3. Qonun bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik turini bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdori bilan bogʻlagan boʻlib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044434" id="-3044434">Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan koʻp miqdorgacha oʻtkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta maʼmuriy javobgarlikka tortilganligidan qatʼiy nazar, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044443" id="-3044443">Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 182-moddasining <a href="/ru/acts/-111453#-315163">birinchi qismi </a>boʻyicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/ru/acts/-97664#-1081874">227<sup>21</sup>-moddasi</a>, 227<sup>22</sup>- moddasining <a href="/ru/acts/-97664#-1081891">birinchi qismi</a>) shaxs maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044467" id="-3044467">JK 182-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-314044">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qatʼiy nazar, kelib chiqadi. Bunda JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314050">“b”</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-314053">“v”</a> va <a href="/ru/acts/-111453#-314055">“g” bandlari </a>boʻyicha jinoiy javobgarlik faqat bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik koʻp miqdorda buzilgan holdagina kelib chiqadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044471" id="-3044471">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036872">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259824" id="-2259824">4. Quyidagilar, jumladan, JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044483" id="-3044483"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044484" id="-3044484">bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044485" id="-3044485">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036886">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259826" id="-2259826">elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085806" id="-6085806"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085807" id="-6085807">transport vositasi (BK 13-moddasi <a href="/ru/acts/-2876354#-2876820">toʻrtinchi qismida</a> koʻrsatilgan transport vositalari bundan mustasno);</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085808" id="-6085808">(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068806">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259830" id="-2259830">intellektual mulk obyektlari (foydali modellar, sanoat namunalari);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259831" id="-2259831">madaniy boyliklar – moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga molik koʻchar ashyolari (“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining<a href="/ru/acts/-24377#-24389"> 3-moddasi</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259833" id="-2259833">oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2259834" id="-2259834"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044496" id="-3044496"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044497" id="-3044497">5. JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasi </a>mazmuniga koʻra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklar (bundan buyon matnda — tovarlar) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi: </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044498" id="-3044498">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036889">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259835" id="-2259835">bojxona nazoratini chetlab oʻtish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259836" id="-2259836">bojxona nazoratidan yashirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259837" id="-2259837">bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259839" id="-2259839">deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259840" id="-2259840">chegarani buzib oʻtish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259841" id="-2259841">6. Tovarlarni bojxona nazoratini chetlab oʻtkazish ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqari yoki bojxona nazorati oʻtkazish vaqtidan tashqari olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqishdan iborat har qanday qasddan sodir etilgan harakatda ifodalanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6085809" id="edi-6085809"><a href="/ru/acts/-2259789?ONDATE=06.09.2013 00#-2259842">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085809" id="-6085809">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068814">qaroriga </a>asosan chiqarilgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085810" id="-6085810"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085811" id="-6085811">7. Tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish deganda, ularni topishni qiyinlashtirish, bojxona nazoratidagi tovarlarni almashtirib qoʻyish yoxud ularning asl xususiyati yoki miqdorini yashirish (masalan, ayrim bir tovarlarga boshqasining koʻrinishini berish, tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan xufya joylardan (chemodanlar, sumkalar, transport vositalari, konteynerlar va boshqa tashish vositalarining konstruksiyaviy (tuzilish) xususiyatiga koʻra, ashyolarini saqlash yoki tashishga moʻljallanmagan boʻshliqlari, devorlari (ramalari) oralaridan foydalanish, jinoyat predmetlarini odam, hayvon tanasida va h.k. yashirish)ga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085812" id="-6085812">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068815">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044503" id="-3044503"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044504" id="-3044504">8. Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanish deganda, jumladan, bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish tushunilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044505" id="-3044505">bila turib qalbaki hujjatlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044506" id="-3044506">bila turib yolgʻon maʼlumotlar kiritilgan hujjatlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044507" id="-3044507">qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishi hujjatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044508" id="-3044508">haqiqiy boʻlmagan hujjatlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044509" id="-3044509">qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamgʻalar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2881733">197-moddasida </a>nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044510" id="-3044510">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning alohida roʻyxati nazarda tutilgan (BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2876874">18-19-moddalari</a>). Shundan kelib chiqib, mazkur roʻyxatlarda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organlariga taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044511" id="-3044511">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036891">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259851" id="-2259851">9. Tovarlarni deklaratsiya qilmasdan bojxona chegarasidan oʻtkazish tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish (chiqarish), ularni tanlangan bojxona rejimi ostiga joylashtirish, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan tovarlar haqidagi maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasida qasddan bayon qilmaslikni nazarda tutadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044513" id="-3044513"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044514" id="-3044514">Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi maʼlumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) toʻgʻrisida bila turib yolgʻon maʼlumotlarni aks ettirish tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044515" id="-3044515">Tushuntirilsinki, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasini tekshirish, tovarlarni koʻzdan kechirish va bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangunga qadar bojxona deklaratsiyasida yoʻl qoʻyilgan xatolarning deklarant tomonidan mustaqil tuzatilishi (BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2883477">265-266-moddalari</a>) maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni istisno etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044518" id="-3044518">(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036899">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259856" id="-2259856">10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasida </a>nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish boʻyicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259858" id="-2259858">Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirgan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati tovarlar bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044521" id="-3044521"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044522" id="-3044522">Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar roʻyxatga olingan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2883473">264-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044524" id="-3044524">(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036902">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3044538" id="edi-3044538"><a href="/ru/acts/-2259789?ONDATE=06.09.2013 00#-2259860">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044538" id="-3044538">(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036904">qaroriga </a>asosan chiqarilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259861" id="-2259861">11. Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda, ushbu tovarlarning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bozor qiymatidan kelib chiqilishi lozim. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044543" id="-3044543"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044547" id="-3044547">Qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtgan tovarlar amalda mavjud boʻlmagan (erkin muomalaga chiqarilgan, sotib yuborilgan va h. k.) hollarda, ularning qiymati sifatida bojxona rasmiylashtiruvi paytida Oʻzbekiston Respublikasining BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2883798">44-bobiga </a>muvofiq aniqlangan bojxona qiymati tan olinadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044549" id="-3044549">(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036905">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259867" id="-2259867">Tovarlar qiymatini aniqlashning imkoniyati boʻlmagan hollarda (masalan, qalbakilashtirilgan spirtli ichimliklar, kontrafakt tovarlar) ularning qiymati baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259868" id="-2259868">Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda, faqat, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, yoxud bojxona hujjatlari yoki qiyoslash vositalaridan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib oʻtkazilgan tovarlar qismining qiymati inobatga olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259869" id="-2259869">12. Agar shaxs bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bir qatorda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK<a href="/ru/acts/-111453#-314035"> 182 </a>va <a href="/ru/acts/-111453#-266668">223-moddalarida </a>nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259870" id="-2259870">Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxs harakatlari JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasi </a>bilan kvalifikatsiya qilinadi va qoʻshimcha ravishda<a href="/ru/acts/-111453#-266926"> 228-moddasi </a>bilan kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259871" id="-2259871">13. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat bojxona chegarasini buzib oʻtish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, shaxsning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314050">“b” bandi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda buzib oʻtish deganda, jumladan, bojxona postiga hujum qilish, bojxona organlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik koʻrsatish (masalan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq boʻysunmaslik, oʻzining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), bojxona xizmati texnik vositalariga shikast yetkazish yoki ularni ishdan chiqarish va h. k. yoʻli bilan bojxona chegarasini kesib oʻtishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085813" id="-6085813"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085814" id="-6085814">Agar bojxona chegarasini buzib oʻtish paytida aybdor tomonidan shaxs badaniga qasddan ogʻir shikast yetkazilgan yoki u qasddan oʻldirilgan boʻlsa, qilmish JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314050">“b” bandi </a>va tegishlicha JK <a href="/ru/acts/-111453#-233850">97</a> yoki <a href="/ru/acts/-111453#-233940">104-moddalarida </a>nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati, shuningdek hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish JK 182-moddasi <a href="/ru/acts/-111453#-314044">ikkinchi qismi </a>dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK <a href="/ru/acts/-111453#-233974">105</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-234113">109</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-265251">173</a> va <a href="/ru/acts/-111453#-266616">219-moddalari</a> bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085817" id="-6085817">(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068817">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259873" id="-2259873">14. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda, JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314053">“v” bandi </a>boʻyicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan oʻtkazgan, balki barcha uyushgan guruh aʼzolarining (masalan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni oʻtkazishda koʻmaklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh aʼzolari) harakatlari kvalifikatsiya qilinadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2259874" id="-2259874"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044552" id="-3044552"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044553" id="-3044553">15. Jinoyatni oʻz xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etgan mansabdor shaxs (JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314055">“g” bandi</a>) deb, xizmat burchiga koʻra bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini (hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish, ogʻzaki soʻrov, bojxona koʻrigi, bojxona identifikatsiyalashi, tovarlar hisobini yuritish) amalga oshirishga majbur shaxs topilishi lozim. Bunday shaxslar jumlasiga, shuningdek, bojxona nazoratining muayyan shakllaridan BK <a href="/ru/acts/-2876354#-2877808">50-moddasiga </a>asosan ozod etilgan va oʻz xizmat lavozimidan tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida oʻtkazish uchun foydalangan mansabdor shaxslar ham kiradi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044555" id="-3044555">(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036906">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044558" id="-3044558"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044560" id="-3044560">Tovarlarni oʻz xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazgan mansabdor shaxslarning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-111453#-314055">“g” bandi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish (JK <a href="/ru/acts/-111453#-2734765">192<sup>11</sup></a>, <a href="/ru/acts/-111453#-266207">205-moddalari</a>) yoxud hokimiyat yoki mansabdor vakolati doirasidan chetga chiqish (JK<a href="/ru/acts/-111453#-266285"> 206-moddasi</a>) jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044562" id="-3044562">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036907">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259876" id="-2259876">Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazishda oʻz xizmat lavozimidan foydalangan mansabdor shaxsning (jinoyat tashkilotchisi, dalolatchisi, yordamchisining) harakatlari JK <a href="/ru/acts/-111453#-179941">28-moddasi </a>va JK 182-moddasi ikkinchi qismining<a href="/ru/acts/-111453#-314055"> “g” bandi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi (uyushgan guruh aʼzolarining harakatlari bundan mustasno).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085818" id="-6085818"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085819" id="-6085819">16. Shaxsning valyutani qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida oʻtkazishda aybdorligi masalasini hal etishda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasiga erkin olib kiriladigan va olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy va milliy valyuta miqdori quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085820" id="-6085820">Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-4562834">Qonuni</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085821" id="-6085821">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish <a href="/ru/acts/-3540203#-4948990">qoidalari </a>bilan belgilangan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085822" id="-6085822">Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga bir vaqtning oʻzida olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan naqd valyutaning faqat bir qismi deklaratsiya qilingan boʻlsa, shaxsning harakatlari naqd valyutaning deklaratsiya qilinmagan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085823" id="-6085823">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6068818">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2259882" id="-2259882"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4909254" id="-4909254"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4909255" id="-4909255">17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK <a href="/ru/acts/-111453#-267143">246-moddasiga </a>muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni shuningdek, giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalar, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda — kontrabanda ashyolari) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish boshqa jinoyat — kontrabanda tarkibini tashkil etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4909256" id="-4909256">(17-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli <a href="/ru/acts/-4904177?ONDATE=03.07.2020 00#-4906201">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259883" id="-2259883">Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining <a href="/ru/acts/-111453#-2966080">birinchi qismida </a>qayd etilgan kontrabanda predmetlarini oʻtkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259884" id="-2259884">Agar shaxs JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasi </a>taʼsiriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻtkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182</a> va <a href="/ru/acts/-111453#-267143">246-moddalarda </a>nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259979" id="-2259979">Agar shaxs kontrabanda jinoyatini sodir etish bilan bir qatorda kontrabanda ashyolarining noqonuniy muomalasi bilan boshqa jinoyatlarni (JK <a href="/ru/acts/-111453#-267151">247</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-326652">248</a>, <a href="/ru/acts/-111453#-328805">273-moddalari </a>va h.k.larni) sodir etsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044573" id="-3044573"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044576" id="-3044576">17<sup>1</sup>. Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK <a href="/ru/acts/-111453#-267143">246-moddasi </a>boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044578" id="-3044578">(17<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036911">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259885" id="-2259885">18. JPK<a href="/ru/acts/-111460#-254570"> 211-moddasiga </a>muvofiq hukm, jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrim (qaror) chiqarish paytida sud ish boʻyicha ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar, shu jumladan transport vositalari toʻgʻrisidagi masalani hal etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259886" id="-2259886">Mazkur masalani koʻrib chiqish chogʻida sudlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2414513">qarorida </a>berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259887" id="-2259887">Bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan, ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar egaligi yuzasidan nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3044580" id="-3044580"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3044581" id="-3044581">18<sup>1</sup>. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovar yoki boshqa qimmatliklarni noqonuniy olib oʻtishda (JK <a href="/ru/acts/-111453#-314035">182-moddasi</a>) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovar va boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3044582" id="-3044582">(18<sup>1</sup>-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-3036169?ONDATE=29.07.2016 00#-3036913">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259888" id="-2259888">19. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlarni koʻrishda sudlar, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularga xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259889" id="-2259889">Sudlar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga doir har bir ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorining bir nusxasini maʼmuriy yoki jinoiy ishni qoʻzgʻatgan organga mazkur sohada yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar hisobini yuritish va tahlil qilish uchun yuborishlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6085826" id="-6085826"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6085827" id="-6085827">20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik va kontrabandaga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6085828" id="-6085828">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli <a href="/ru/acts/-6066574?ONDATE=14.05.2022 00#-6069006">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2259891" id="-2259891">21. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “<a href="/ru/acts/-1440613">Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida</a>”gi 2-sonli va 1998-yil 28-dekabrdagi “<a href="/ru/acts/-1447784">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida</a>”gi 30-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2259892" id="-2259892">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2259893" id="-2259893">Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2259894" id="-2259894">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2259895" id="-2259895">2013-yil 6-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2259896" id="-2259896">18-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
