Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.02.2000
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
RESPUBLIKA OʻRMON XOʻJALIGINI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 7-fevraldagi PF-2536-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish, oʻrmonlarning tabiatini muhofaza qilish va yerlarni tubdan yaxshilash sohasidagi ahamiyatini oshirish, shuningdek, oʻrmonzor yerlardan oqilona foydalanish maqsadida:
1. “Uzbekles” Ittifoq-respublika oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston SSR Davlat oʻrmon komitetiga aylantirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq I.H. Joʻrabekov) respublika oʻrmon xoʻjaligi samaradorligini oshirish masalalariga doir qaror loyihasini tayyorlasin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 30-apreldagi 115-son “Jumhuriyat oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish haqida” va 1991-yil 17-iyuldagi 192-son “Oʻzbekiston SSJ davlat oʻrmon qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga qarang.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-fevral,
PF-144-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 98-modda)