|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq banki omonatchilarining manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, uning aktivlari bank faoliyatining xalqaro andozalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Xalq bankining Xalq banki nizom jamgʻarmasini uch milliard soʻm miqdorida belgilash, uning manbalarini quyidagi ulushda shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51 foiz) — 1,53 milliard soʻm;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (49 foiz) — 1,47 milliard soʻm.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Xalq banki resurslarini fuqarolarning omonatlari toʻla saqlanishini kafolatlaydigan, talab katta boʻlgan, ishonchli va koʻp daromad keltiradigan sarflarga joylanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 7-dekabrdagi PF-2773-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2000-y., 11-son, 172-modda)
4. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-apreldagi 189-sonli “Davlat-tijorat xalq bankini yanada rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
PF-2162-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 235-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 172-modda)