|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA IQTISODIYOTINING CHARM-POYABZAL TARMOG‘INI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmog‘ini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining, “O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining, charm, mo‘yna (qorako‘ldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, charmdan foydalangan holda poyabzal, charm-galantereya hamda tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibidan chiqish;
“O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi etib qayta tashkil qilish, qayta tashkil etilayotgan “O‘zbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining charm, mo‘yna (qorako‘ldan tashqari) xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, sun’iy charm, charm-galantereya buyumlari, poyabzal, charmga ishlov berish uchun oshlovchi moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi tarkibida bo‘lgan korxonalarni ixtiyoriylik asosida uning tarkibiga kiritish.
2. “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi respublikada charm xom ashyosining bosh tayyorlovchisi etib belgilansin va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi mana shu ishlarni amalga oshirishdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 23-fevral,
PF-2552-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 2-3-son, 96-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 50-son, 512-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)