Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“EL-YURT HURMATI” ORDENINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini rag‘batlantirish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida” (yangi tahriri) Qonunining 8-moddasi.
1. O‘zbekiston Respublikasining “El-yurt hurmati” ordenini ta’sis etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 17-avgust,
PF-2067-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 8-son, 146-modda)