|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.06.2009
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1998 YIL 19 YaNVARDAGI “INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI PF–1919-SONLI FARMONIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yangi korxonalar qurish va ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, ularning faoliyatini texnologik jihatdan raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi PF–1919-sonli Farmoni qoidalari quyidagi band bilan to‘ldirilsin:
“Yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, respublika hududiga keltirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki, vakolatli banklar bilan birgalikda bir hafta muddat ichida tasdiqlangan investitsiya loyihalariga muvofiq, import qilinayotgan texnologiya uskunalarini qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 3-avgust,
PF-2065-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 8-son, 145-modda)