Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.1999
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA BANK XIZMATINI TARTIBGA SOLISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-martdagi PF-2241-sonli “O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Banklar o‘rtasida raqobatni rivojlantirish, xalq xo‘jaligida to‘lov intizomini mustahkamlash va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini banklar tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1997-yilning 1-iyulidan boshlab har bir korxona (tashkilot) o‘zi tanlab olgan faqat bitta bank muassasasida so‘m va valyuta hisob-kitob (joriy) hisobvaraqlariga ega bo‘lishi mumkin.
Bunda korxonalar va tashkilotlar bankda o‘z hisobvaraqlarini ochish uchun uni mustaqil ravishda tanlaydilar.
2. Tijorat banklari korxonalar va tashkilotlar bundan buyon xizmat ko‘rsatish uchun o‘zlari tanlab olgan banklarga ularning so‘m va valyuta hisobvaraqlari to‘sqinliksiz ko‘chirilishini ta’minlasinlar, bunda ilgari mazkur hisobvaraqlar ochilgan banklar oldidagi qarz batamom to‘lanishi yoki uning banklararo kreditga qaytadan rasmiylashtirilishi shart.
3. Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-may,
PF-1782-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 163-modda)