Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINING BARChA TURDAGI PENSIYALARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Pensionyerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
1. 1994-yilning 1-dekabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 135 soʻm qilib belgilansin.
2. Hozirgi vaqtda amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalar, shuningdek bolalikdan nogironlarga, keksa va mehnatga yaroqsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 1,2 baravar oshirilsin.
3. Mazkur Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 28-noyabr,
PF-1012-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 304-modda)