|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.02.2018
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
BENZIN, DIZEL YoQILGʻISI VA AVIAKEROSIN UChUN QATʼIY MIQDORDA BELGILANGAN AKSIZ SOLIGʻI STAVKALARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2254]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 19-yanvardagi 10-sonli “Benzin, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2254-1, 01.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) 12-1-sonli ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Benzin, dizel yoqilgʻisi va aviakerosin uchun qatʼiy minimal miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqilib, quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ai-80 markali benzinga — kamida 321 430 soʻm/tonnaga;
Ai-91, A-92 va Ai-93 markali benzinga — kamida 353 430 soʻm/tonnaga;
Ai-95 markali benzinga — kamida 408 890 soʻm/tonnaga;
EKO dizel yoqilgʻisiga — kamida 284 250 soʻm/tonnaga;
dizel yoqilgʻisiga — kamida 273 400 soʻm/tonnaga;
aviakerosinga — kamida 50 580 soʻm/tonnaga.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 10-avgust,
50-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 32-33-son, 341-modda)