|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.04.2013
|
Hujjat 25.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| I. Institut faoliyatini tashkil etish va oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda qayta tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
| 3. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining tuzilmasini tasdiqlash. |
2011-yil iyul | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibiga kadrlarning asosiy foydalanuvchilari - B�xoro viloyati korxonalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralarning vakillarini kiritish. |
2011-yil avgust | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi |
| 5. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti faoliyat koʻrsata boshlaganligi munosabati bilan yoshlar oʻrtasida faol tushuntirish, kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish va olib borish. Ommaviy axborot vositalarida institutni qayta tashkil etishning maqsadlari va vazifalarini, mamlakat iqtisodiyotining tegishli sohalari uchun kadrlar tayyorlashda uning oʻrni va ahamiyatini keng yoritish. |
2011-2012-yillar | Buxoro viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Milliy teleradiokompaniya |
| 6. |
2011-2012 oʻquv yilidan boshlab va keyingi oʻquv yillarida joriy etiladigan fanlar va taʼlimning yangi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarni ishlab chiqish. |
Har yili 1-sentabrgacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 7. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti ixtisosligi oʻzgarishini hisobga olgan holda institutning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash. |
2011-yil sentyabr | Ol�y va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 8. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan (yillik va istiqbolli) ehtiyojni tarmoqlar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni hisobga olgan holda oʻrganish. |
Har yili 1-yanvargacha | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
| 9. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti talabalari uchun amaliyot bazasini tashkil etish, institut kadrlari foydalanuvchilari hisoblangan viloyat korxonalari va tashkilotlarida amaliyotni tashkil etish uchun masʼullarni biriktirish. |
2012/2013 oʻquv yili boshlangunga qadar | Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| II. Professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish | |||
| 1. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kafedralarini mutaxassislar tayyorlash yoʻnalishlariga binoan tanlov asosida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish. |
Har yili oʻquv yili boshlangungacha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 2. |
Tarmoqlar korxonalaridan, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti kadrlarini tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashayotgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv tashkilotlaridan yetarli ilmiy-pedagogik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar va olimlarning maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2011-2012-yillar | Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 3. |
Keyinchalik institutda pedagogik faoliyat olib borishi uchun yosh mutaxassislarni respublikaning bazaviy oliy taʼlim muassasalarida “Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish”, “Mashinasozlikda materialshunoslik” mutaxassisliklari boʻyicha maqsadli tayyorlash. |
Jadvalga muvofiq | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 4. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutida masofadan oʻqitish elementlarini joriy etish uchun zarur texnik, dasturiy, metodik shart-sharoitlar yaratish va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻqituvchilarining leksiyalarini tashkil etish. |
2012-2013-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 5. |
Institutning maxsus kafedralari ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlarini belgilash, grantlar jalb etishni tashkil etish va xoʻjalik shartnomalarini bajarish. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni tejaydigan texnologiyalar, paxta tozalash, toʻqimachilik va yengi� sanoat, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari, energiya resurslarini tejaydigan texnologiyalar va texnika, qishloq xoʻjaligi xomashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat xavfsizligi, elektroenergetika va elektrotexnol�giyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxatini ishlab chiqish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 6. |
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlanmalar tashkil etish. |
2012-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 7. |
Bazaviy texnika oliy taʼlim muassasalari (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti)ning yetakchi olimlari rahbarligida ilmiy-tadqiqotlar, ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun yosh oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratish. |
2011-yildan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| III. Moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash | |||
| 1. |
2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq, institutda kadrlar tayyorlashning tasdiqlangan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish vazifalaridan kelib chiqqan holda, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining oʻquv-laboratoriya korpuslarini, talabalarning yashash joylarini va sport zallarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari va texnika bilan jihozlash. |
2012 — 2016-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti, Buxoro viloyati hokimligi |
| 2. |
Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutining axborot-resurs markazini kengaytirish va ishlarini takomillashtirish, uni zamonaviy kompyuter va nusxa koʻpaytirish texnikasi bilan taʼminlash, Internet tarmogʻiga keng kirishini tashkil etish. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |
| 3. |
Kadrlar tayyorlashning yangi yoʻnalishlariga muvofiq Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika institutini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan elektron variantda), davriy maxsus nashrlar bilan taʼminlash. |
2011-2012-yillar | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnika instituti |