|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TUMANGA BO‘YSUNUVCHI SHAHARLAR HOKIMLIKLARI BOSHQARUV ORGANLARINING TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va hududiy boshqaruv organlari tuzilmasini takomillashtirish, ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularni saqlashga xarajatlarni kamaytirish maqsadida:
1. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar hokimliklarining apparatlarini tugatish va ularning vazifalarini tegishli tumanlar hokimliklarining apparatlariga topshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hokimlarining taklifi qabul qilinsin.
2. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarga ega bo‘lgan tumanlar hokimliklarining shtat jadvaliga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi qo‘shimcha lavozimi kiritilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi, viloyatlarning hokimlari tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda bo‘shaydigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etsinlar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining III bo‘limi.
4. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi T. Alimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
PF-1651-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 1-modda)