|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.01.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“SURUNKALI ALKOGOLIZM YOKI GIYOVANDLIKKA MUBTALO BOʻLGAN BEMORLARNI MAJBURAN DAVOLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-644-sonli “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1992-yil 25-dekabrdan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining maxsus davolash-oldini olish muassasalari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-sonli “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining maxsus davolash-oldini olish muassasasini tashkil etish va u ish boshlashi uchun maydon va xonalar ajratish masalasini, shuningdek uni moddiy-texnikaviy jihatdan va mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini qarab chiqsin va hal etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni davolovchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tarmogʻining maxsus davolash-oldini olish muassasalari qoʻriqlanishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
753a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 37-modda)