Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
V.I. LENIN NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT DORILFUNUNI HUZURIDA SHARQSHUNOSLIK INSTITUTINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jumhuriyatimizning Janubi Sharq va Tinch okean mintaqalaridagi mamlakatlar bilan xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarida ijobiy oʻzgarishlar yuz berayotgani tufayli savdoni, fan, sanʼat sohalarida oʻzaro ayirboshlashni kengaytirish, turizmni rivojlantirish zarurati paydo boʻldi.
Milliy ongning oʻsishi, omma ijodiy faolligining koʻtarilishi Sharq xalqlarining tarix va madaniyat yodgorliklarini yanada chuqurroq oʻrganish va tadqiq qilish hamda arab yozuvidagi boy qoʻlyozmalar xazinasini oʻqib chiqish masalalarini oldinga surmoqda, oʻrta maktablarda sharq tillarini oʻqitishni yaxshilash, arab yozuvidagi klassik oʻzbek tilini oʻrganish ehtiyojlari yuzaga kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddat ichida institut toʻgʻrisidagi Nizomni, uning tuzilishini, yagona mufassal oʻquv rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, mutaxassisliklar roʻyxatini belgilab olsin, yapon, xitoy, koreys va turk tillari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni kengaytirishga alohida eʼtibor berilsin.
3. OʻzSSJ Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan institutni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
4. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Davlat moddiy-texnika taʼminoti qoʻmitasi, OʻzSSJ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yillik rejalarda Sharqshunoslik institutining oʻquv moddiy negizini rivojlantirishni va 1991-yilning sentabridan boshlab moddiy-texnika resurslarini belgilangan tartibda ajratishni nazarda tutsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 22-yanvar,
17-son