Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yuridik va jismoniy shaxslarga 5 yil muddatga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda farmatsevtika faoliyatiga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi Nizomni tasdiqlasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori 1-ilovasining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-aprel,
PQ-1319-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 105-modda)