

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.12.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591190" id="onLBC-1591190">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7619"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1591190" id="onLS-1591190">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1591283" id="-1591283">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1591285" id="-1591285">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1591288" id="-1591288">FUQAROLIK IShLARINI KOʻRIShDA SUDLAR TOMONIDAN DALILLARGA OID QONUN NORMALARINI QOʻLLAShNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591290" id="-1591290"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5188781" id="-5188781">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-5185744?ONDATE=19.12.2020 00#-5186251">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591293" id="-1591293">Fuqarolarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishga qaratilgan murojaatlari keskin oshib borayotgan bir paytda nizolarni bevosita dalillarga tayangan holda hal etish muhim ahamiyatga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591296" id="-1591296">Qonun talabiga koʻra sudning u yoki bu nizo boʻyicha qabul qilingan qarori aniq dalillarga asoslangan va qonuniy boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591298" id="-1591298">Taqdim etilgan dalillarga toʻgʻri baho berish, zarur dalillarni talab qilib olish va mavjud dalillar asosida nizoni hal etish bevosita sud qarorlarining barqarorligini taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591300" id="-1591300">Sud amaliyoti tahlilidan koʻrinishicha, sudlar tomonidan dalillarni talab qilib olish, ularga tegishli huquqiy baho berish va dalillarning daxldorligi hamda isbotlash vositalariga doir qonun normalariga asosan rioya etilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591303" id="-1591303">Shu bilan birga, mazkur qonun normalariga rioya qilmaslik, tegishli dalillarga notoʻgʻri baho berish hollari ham uchramoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591307" id="-1591307">Fuqarolik nizolarining sudlar tomonidan qonuniy va asosli hal etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/ru/acts/-68532#-70640">17-moddasiga</a> muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591313" id="-1591313">1. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK <a href="/ru/acts/-186105#-231336">56-moddasining</a> talablariga koʻra, taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos boʻladigan har qanday faktik maʼlumot va ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar fuqarolik ishi boʻyicha dalil hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591320" id="-1591320">2. Isbotlash majburiyati FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231339">57-moddasida</a> belgilangan boʻlib, unga koʻra har bir taraf oʻzining talablari va eʼtirozlariga asos qilib koʻrsatgan holatlarni isbotlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591322" id="-1591322">3. Isbotlash predmetiga har bir muayyan fuqarolik ishi boʻyicha taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi hamda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591325" id="-1591325">4. Sudlarga tushuntirilsinki, ayrim faktlar isbotlash predmetiga kirmaydi va isbotlashga muhtoj emas, chunonchi, sud hammaga maʼlum deb topgan holatlar, sudning qonuniy kuchga kirgan fuqarolik ishi boʻyicha hal qiluv qarori va jinoyat ishi boʻyicha sudning hukmi boʻyicha aniqlangan faktlar shular jumlasidandir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591326" id="-1591326">Hammaga maʼlum boʻlgan fakt deganda, taraflarga, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar va sudyalarning oʻziga maʼlum boʻlgan maʼlumotlarni tushunish lozim. Bunday fakt hammaga maʼlum boʻlganligi sababli, uni isbotlash shart emas, biroq taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarni tegishli faktlarni isbotlashdan ozod etish uchun, sud uni hammaga maʼlum holat deb eʼtirof etishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591328" id="-1591328">Bunda shuni nazarda tutish lozimki, faktning hammaga maʼlumligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa har qanday sud instansiyasi tashabbusiga koʻra sud jarayonining har qanday bosqichida yoki oʻz talab va eʼtirozlarini isbotlash maqsadida ushbu faktga murojaat qilgan shaxsning iltimosiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591330" id="-1591330">Shu bilan birga, faktning hammaga maʼlumlik darajasi turlicha boʻlishini sudlar eʼtiborga olsinlar, yaʼni maʼlumotlarning tarqalganlik koʻlamiga koʻra, mamlakat hududidan tashqariga chiqishi yoki mahalliy xaraktyerga ega boʻlib, ish koʻrilayotgan maʼlum bir viloyat yoki tuman hududi bilan cheklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591335" id="-1591335">FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231348">60-moddasi</a> ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, bir fuqarolik ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan aniqlangan faktlar, aynan shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishi koʻrilishida qayta isbotlanmaydi. Jumladan, oshiqcha xavf manbai egasi boʻlgan daʼvogarlar bevosita zarar yetkazuvchiga nisbatan regress daʼvo keltirganda, isbotlashdan ozod etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591336" id="-1591336">Jinoyat ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalalari yuzasidangina majburiydir. Sud jinoyat ishidan kelib chiquvchi daʼvoni koʻrishda javobgarning aybdorligi masalasini muhokama qilishga haqli emas, balki faqat fuqaroviy nizoni hal qilishi mumkin. Sudning xulosasida hukmning mavjudligidan tashqari, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki fuqarolik ishini koʻrish jarayonida sud tomonidan toʻplangan dalillar koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591338" id="-1591338">Maʼmuriy huquqbuzarlik ishi boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan holatlar shu bilan bogʻliq fuqarolik ishi koʻrib chiqilishida qayta isbotlashni talab qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591340" id="-1591340">5. Fuqarolik protsessual qonun normalari bilan belgilangan isbotlash qoidalariga muvofiq, sud muayyan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar daxldorligi va yoʻl qoʻyilgan isbotlash vositalaridan kelib chiqishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591341" id="-1591341">6. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, sud faqat ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan dalillarnigina koʻrishga qabul qiladi (FPKning 58-moddasi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591343" id="-1591343">Guvohlarning koʻrsatuvlari, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan yozma va ashyoviy dalillar ish uchun ahamiyatga ega boʻlishini nazarda tutib, sud barcha holatlarda ularga ushbu dalillar va guvohlar koʻrsatmasi aynan qaysi holatlarni tasdiqlashi mumkinligini koʻrsatishni taklif qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591345" id="-1591345">Dalillarning daxldorligi nuqtai nazaridan, fotosuratlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi holatlarni tasvirlagandagina dalil boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591346" id="-1591346">Tushuntirilsinki, dalillarning daxldorlik qoidasi sudga ishga daxldor boʻlgan barcha faktlar va holatlarni aniqlash va tekshirish majburiyatini yuklaydi. Dalillar daxldorligi sud tomonidan koʻrilayotgan ishdagi mavjud materiallarni tahlil qilish asosida sudyaning ishonchiga koʻra aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591347" id="-1591347">Ish uchun ahamiyatga ega boʻlmagan dalillarni qabul qilishga, shuningdek kelib chiqqan nizo boʻyicha isbotlash vositalari boʻla olmaydigan maʼlumotlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591365" id="-1591365">7. Qonun boʻyicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlgan holatlarini boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas (FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231346">59-moddasi</a>). Bunda nizoli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi tegishli moddiy huquq normalariga asoslanmasdan isbotlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591374" id="onLBC-1591374">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6002"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591374" id="-1591374">8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/ru/acts/-20596#-39047">27-moddasi</a> fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqini kafolatlaydi va unga koʻra hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari shaxsning yozishmalar va telefonda soʻzlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591376" id="-1591376">Lekin, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan va ularning nizoga oid fuqarolik-huquqiy munosabatga kirishganligidan guvohlik beruvchi holatlar aks etgan video yoki audio yozuvlar, arz etilgan talab va eʼtirozlarning asosi sifatida boshqa dalillar yigʻindisi bilan birga baholanilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591378" id="-1591378">Video yoki audio yozuvlarni taqdim etgan shaxs bunday yozuv qachon, kim tomonidan va qanday sharoitlarda amalga oshirilganligini koʻrsatishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591381" id="-1591381">Video va audio yozuvlarning qalbakiligi haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilingan holatlarda, sud tegishli ekspertiza tayinlashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591382" id="-1591382">Bunda sudlarning eʼtibori, qonun talabiga koʻra bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilinmagan hollarda uning tuzilganligini audio va video yozuvlari orqali tasdiqlab boʻlmasligiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591385" id="-1591385">9. Fuqarolik protsessida isbotlash jarayoni, sud topshiriqlari, dalillarni taʼminlash, tekshirish va ularni baholash yoʻli bilan, dalillarni aniqlash va toʻplash hamda taqdim etish boʻyicha faoliyatni aks ettiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591392" id="-1591392">10. FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231086">8-moddasida</a> nazarda tutilgan taraflar tortishuvlik prinsipidan kelib chiqib, taraflar, arz qiluvchilar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni aniqlash, toʻplash va taqdim etishlari lozim. Shu bilan birga, FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231339">57-moddasi</a> uchinchi qismiga muvofiq, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra dalillarni toʻplashda ularga yordam koʻrsatadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591394" id="-1591394">11. Dalillar boshqa tuman yoki shahar hududida joylashgan boʻlib, u yoki bu sababga koʻra ularni bevosita ishni koʻrayotgan sudga taqdim qilish mumkin boʻlmasa, sud boshqa sudga sud topshirigʻi berish orqali dalillarni taʼminlash, talab qilib olish va tekshirish boʻyicha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591399" id="-1591399">12. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessual qonun normalari bilan taʼminlanishi mumkin boʻlgan dalillar doirasi cheklanmagan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning dalillarni taqdim etish mumkin boʻlmay qolishi yoki qiyinlashishi haqidagi xavfi asosli boʻlganda, sud dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591473" id="-1591473">13. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, dalillarni tekshirish deganda, bir dalilni boshqa dalillar yordamida tekshirish, shuningdek, agar taqdim qilingan dalillarda qarama-qarshiliklar boʻlsa, ularni aniqlash va bartaraf etish tushuniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591474" id="-1591474">14. FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231379">67-moddasi</a> birinchi qismiga muvofiq, sud dalillarga, qonunga amal qilgan holda ishning hamma holatlarini jamlab, ularni sud majlisida har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqish asosida ichki ishonchga tayanib, baho beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591475" id="-1591475">15. Ichki ishonch boʻyicha dalillarga baho berishda sudya ish boʻyicha dalil boʻlgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va ushbu dalillardan foydalanish orqali tasdiqlanishi lozim boʻlgan ish holati haqiqatda mavjudligi masalasini aniqlaydi. Sudyaning ichki ishonchi sud muhokamasida tekshirilgan barcha dalillar yigʻindisiga asoslangan qonuniy xulosa boʻlishi va obyektiv haqiqatni aks ettirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591476" id="-1591476">16. Sudlarning eʼtibori har bir dalil daxldorligi va haqqoniyligi, dalillarning yigʻindisi esa — ularning yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozimligiga qaratilsin. Dalillarni baholashda, sud avvalo dalillar manbai haqqoniyligini tekshirishda ularni ish uchun ahamiyatga va kuchga egaligi nuqtai nazaridan kelib chiqishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591477" id="-1591477">17. Dalillarni baholash birgina hissiyotga asoslangan boʻlishi mumkin emas, balki aniq, mantiqiy va boshqa dalillar bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlishi va asoslar sud qarorlarida oʻz aksini topishi kerak. Jumladan, sud biror-bir dalilni haqiqiy emasligi asosida rad qilishda, ushbu masala boʻyicha oʻz xulosasini asoslantirishi shart. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, FPKning 67-moddasi <a href="/ru/acts/-186105#-231383">toʻrtinchi qismiga</a> asosan hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Agar dalilning obyektiv mazmuni ish holatiga mos boʻlsa, sud har qanday dalilni qabul qiladi, mos boʻlmaganda esa rad qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591478" id="-1591478">18. Muqaddam chiqarilgan hal qiluv qarori bekor boʻlgandan soʻng, sudya ishni yangidan koʻrishda, bekor boʻlgan hal qiluv qarori chiqarilgan sud majlisida soʻroq qilingan guvohlarning koʻrsatuvlarini, agar yangi sud majlisida ushbu guvohlarning ishtirok etishi mumkin boʻlmasa (kasalligi, uzoq muddatli xizmat safarida boʻlganligi tufayli va hokazo), oʻqib eshittirishga hamda ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa dalillar bilan birgalikda oldingi sud majlislarida FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231364">63</a>, <a href="/ru/acts/-186105#-231371">65</a>, <a href="/ru/acts/-186105#-231374">66-moddalarida</a> nazarda tutilgan tartibda olingan yozma dalillarga ham baho berishga haqli. Bunda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, bu qoida taraflar va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning koʻrsatmalariga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591479" id="-1591479">19. Sudlarga tushuntirilsinki, isbotlash vositalari deganda, fuqarolik protsessual qonun normalarida koʻzda tutilgan ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar haqidagi maʼlumotlar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591480" id="-1591480">FPKning 56-moddasi <a href="/ru/acts/-186105#-231337">birinchi qismiga</a> muvofiq, bu maʼlumotlar quyidagi vositalar, yaʼni: taraflar va uchinchi shaxslar hamda ularning qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591482" id="-1591482">Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ish boʻyicha hal qiluv qarorini chiqarishda sud tomonidan tekshirilmagan maʼlumotlarga tayanish mumkin emas, balki faqat qonunda belgilangan manbalardan isbotlash vositasi sifatida foydalanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591483" id="-1591483">20. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari deganda, FPK mazmunidan kelib chiqqan holda, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sudga xabar qilishi nazarda tutiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591484" id="-1591484">Tushuntirishlar ogʻzaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591486" id="-1591486">FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231336">56-moddasiga</a> muvofiq, tegishli ishonchnoma asosida ishda ishtirok etayotgan taraflardan birining vakili bergan tushuntirishlari ham dalil hisoblanishi mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591487" id="-1591487">Talabning tan olinishi tarafni keyinchalik tan olingan ushbu faktni isbotlashdan ozod qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591488" id="-1591488">21. Sudlarning eʼtibori ishga doir biror holatdan xabardor boʻlgan har qanday shaxs guvoh boʻla olishi mumkinligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591489" id="-1591489">Vakil yoki himoyachi vazifalarini bajarishlari munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlgan holatlar toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishlari boʻyicha himoyachilar, shuningdek oʻzining jismoniy va ruhiy nuqsonlari sababli faktlarni toʻgʻri idrok qila olmaydigan yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuv bera olmaydigan shaxslar guvoh sifatida ishtirok eta olmaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591490" id="-1591490">Fuqaroning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan qarindoshlik munosabatlarida boʻlganligi, xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlganligi yoki shaxsiy adovati boʻlganligi uni ishda guvoh sifatida ishtirok etishiga toʻsqinlik qilmasligi sudlarga tushuntirilsin. Biroq sud dalillarni tekshirish va baholashda, guvohning ishda ishtirok etuvchi shaxslarga nisbatan munosabatini eʼtiborga olishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591491" id="-1591491">Sud guvohni soʻroqlash vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik, sud uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra koʻrsatuv berishni rad etganlik yoki undan boʻyin tovlaganlik uchun guvoh Oʻzbekiston Respublikasi JKning <a href="/ru/acts/-111453#-267022">238</a> va <a href="/ru/acts/-111453#-267037">240-moddalari</a> boʻyicha javobgar boʻlishini tushuntirishi lozim. Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, guvoh oʻziga yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik koʻrsatmasi berishdan bosh tortishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591492" id="-1591492">22. Sudlarga tushuntirilsinki, FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231400">73-moddasiga</a> muvofiq, yozma dalillar — ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon etilgan hujjatlar, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591500" id="-1591500">Hujjatlar deganda qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan aniqlangan maʼlumotlarni qayd qilishga maxsus moʻljallangan isbotlash maʼlumotlarining yozma manbalari tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591501" id="-1591501">Bir qator hujjatlarning huquqiy shakli (FHDY organlari tomonidan berilgan guvohnomalar, notarial hujjatlar, veksellar, tijorat aktlari va boshqalar) qismlar boʻyicha aniq belgilanib, bunday hujjatlar uchun maxsus himoya darajasiga ega boʻlgan maxsus rekvizitlar (muhr, shtamp va boshqalar) va ularning shakliga oid boshqa majburiy talablar boʻlib, bu talablarga rioya qilmaslik hujjatlarning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591502" id="-1591502">Shu bilan birga bunday kamchiliklari boʻlgan hujjatlar, shuningdek, imzolanmagan yoki vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan imzolangan hujjatlardan yozma dalil sifatida foydalanish mumkin emas va ish hujjatlaridan chetlashtirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591504" id="-1591504">23. Sudlarning eʼtibori, yozma hujjatlar, agar olish manbai boʻyicha ularning haqqoniyligini tekshirish mumkin boʻlgan hamda muallifi (tuzuvchisi) aniq koʻrsatilgan holatlarda yozma dalil deb eʼtirof etilishiga qaratilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591510" id="-1591510">Shu sababli, muallifi koʻrsatilmagan va manbai nomaʼlum boʻlgan yoki gʻayriqonuniy tarzda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi (FPK <a href="/ru/acts/-186105#-231336">56-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591512" id="-1591512">FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231416">76-moddasiga</a> muvofiq, qoida tariqasida, yozma dalillarning asli taqdim qilinadi. Agar hujjatning nusxasi taqdim etilgan boʻlsa, sud zarurat tugʻilgan holatda, hujjatning aslini taqdim etishni talab qilishga haqli. Ishga hujjatning asl nusxasini qoʻshish imkoni boʻlmaganda, sudya hujjat nusxasining asliga toʻgʻriligi tekshirilganligi haqida belgi qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591513" id="-1591513">24. Sudlarga tushuntirilsinki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan rasmiy chet el hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik xizmatlari tomonidan legalizatsiya qilinmagan boʻlsa, ushbu hujjatlar ish boʻyicha dalil sifatida eʼtirof etilishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591514" id="-1591514">Legalizatsiya qilingan hujjat sud tomonidan umumiy asoslarda baholanadi, legalizatsiya yozuvi hujjatga qoʻshimcha isbotlovchi kuch bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591521" id="-1591521">25. Ashyoviy dalillar deganda, ishni hal qilish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan narsalar tushuniladi. Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, vakillarga zarur hollarda — ekspert va guvohlarga taqdim etiladi. Ashyoviy dalilni koʻzdan kechirish FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-232392">192-moddasiga</a> muvofiq, joyida oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi. Koʻzdan kechirish dalillarni taʼminlash tartibida oʻtkazilishi mumkin emas. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish haqida sud majlisining bayonnomasida qayd qilinishi lozim boʻlib, bunga tuzilgan rejalar, chizmalar, suratlar ilova qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591522" id="-1591522">Ashyoviy dalillarni aniqlashda fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qilingan hollarda, ashyoviy dalillar sud ekspertizasining tekshirish predmeti boʻlishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, ashyoviy dalillarni saqlash tartibi va ularni qaytarish FPK ning <a href="/ru/acts/-186105?ONDATE=01.01.1998 00#-231489">83-modda</a> talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591523" id="onLBC-1591523">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7616"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.03.00.00 Sud-ekspertiza muassasalari. Sud-tibbiy ekspertizasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591523" id="-1591523">26. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 56-moddasining <a href="/ru/acts/-186105#-231337">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan sud isbotlash vositasining mustaqil shakli boʻlgan ekspert xulosasi, fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgandan soʻng faqatgina qatʼiy qonun talabiga muvofiq tayinlangan va oʻtkazilgan sud ekspertiza natijalari boʻlishi mumkin. Fuqarolik protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan, protsess doirasidan tashqarida olingan har qanday boshqa xulosalar ekspert xulosasi maqomiga ega boʻla olmaydi va sudda bundan isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas, boshqa fuqarolik, xoʻjalik, jinoyat va maʼmuriy ishi boʻyicha qonuniy tartibda olingan ekspertiza xulosalari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591524" id="-1591524">Ekspert xulosasi sud uchun oldindan belgilangan kuchga ega emas va ish boʻyicha boshqa dalillarning yigʻindisi bilan baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591525" id="-1591525">Sudning ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sud qarorida asoslantirilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591526" id="-1591526">Ekspert tadqiqoti obyektini talab qilib olish, sudning ekspert ixtiyoriga qoʻshimcha materiallarni taqdim qilish taklifi ishda ishtirok etuvchi har bir shaxsning oʻzlari asos qilib koʻrsatayotgan fakt va holatlarni isbotlash majburiyatlari bilan bevosita bogʻliq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591527" id="-1591527">Tarafning uzrsiz sabablarga koʻra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza oʻtkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortishi, nizolashilayotgan xulosaga nisbatan qarama-qarshi xulosaga asos borligidan guvohlik beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591528" id="-1591528">Shunga koʻra, qaysi taraf uzrsiz sabablarga koʻra ekspertizadan boʻyin tovlayotganligiga, shuningdek, bu holat u uchun qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, sud ekspertiza tayinlash bilan aniqlanadigan faktni belgilashi yoki rad qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591529" id="-1591529">27. Sudlarga tushuntirilsinki, mutaxassisning fikri FPKning 56-moddasi <a href="/ru/acts/-186105#-231337">birinchi qismida</a> nazarda tutilgan isbotlash vositalari doirasiga kirmaydi, shunga koʻra sud tomonidan boshqa dalillar yigʻindisi bilan baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591530" id="-1591530">28. Zarur boʻlgan isbotlash vositalarining doirasi tomonlarning arz qilgan talab va eʼtirozlari tabiatini inobatga olgan holda aniqlanadi. Bunda sudlar har bir toifa fuqarolik ishi boʻyicha turli isbotlash vositalari mavjudligini eʼtiborga olishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591531" id="-1591531">Xususan: </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591532" id="onLBC-1591532">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6379"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.02 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish;</span></div><div id="LBC6467"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.01.00 Yakka tartibdagi mehnat nizolari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591532" id="-1591532">a) mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilingan shaxslarni ishga tiklash toʻgʻrisidagi nizolarga oid ishlar boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591533" id="-1591533">ishga qabul qilish, oʻtkazish va boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruq nusxalari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa, maʼmuriyatning shu mazmundagi vakillik kasaba uyushmasi organiga qilgan tegishli iltimosnomasi nusxasi; (Mehnat kodeksining <a href="/ru/acts/-142859#-143717">101-moddasi</a>), kasaba uyushmasi qoʻmitasining ishdan boʻshatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qarori va bayoni nusxasi, daʼvogarning oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot va boshqalar. Bunda boshqa isbotlash vositalariga boʻlgan ehtiyoj ishdan boʻshatish asoslariga bogʻliqligini nazarda tutish lozim. Chunonchi, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarning ishga tiklash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha (Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-142859#-143705">birinchi bandi</a>) — xodimlar soni (shtati) jadvalidan koʻchirma (ishdan boʻshatilgunga qadar va boʻshatilgandan soʻng), shtatlar yoki xodimlar sonini qisqartirish toʻgʻrisidagi hujjatlar, daʼvogarning ish faoliyati toʻgʻrisida tavsifnoma; Mehnat kodeksining 103-moddasiga asosan daʼvogarni ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa ega boʻlishi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi materiallar hamda daʼvogarning boshqa ishga oʻtkazishga rozi emasligi yoki maʼmuriyatning xodimni uning roziligi bilan boshqa ishga oʻtkazish imkoniyati yoʻqligini tasdiqlovchi boshqa dalillar; xodimning ishdan ozod qilish toʻgʻrisida kamida 2 oy oldin ogohlantirilganligi haqidagi maʼlumotlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591534" id="-1591534">Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi <a href="/ru/acts/-142859#-143707">uchinchi bandi</a> boʻyicha xodimni oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxsni ishga tiklash toʻgʻrisida, “a” xatboshida sanab oʻtilgan dalillardan tashqari, — intizomiy choralarni qoʻllash (buyruqlar, mehnat jamoasining qarori nusxalari va h.k.) toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek ushbu intizomiy jazo berishga asos boʻlgan materiallar (tushuntirish xatlari, bildirgi, axborot xatlari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591535" id="-1591535">FPKning <a href="/ru/acts/-186105#-231339">57-moddasida</a> koʻrsatilgan qoidadan istisno tariqasida Mehnat kodeksining <a href="/ru/acts/-142859#-144331">111-moddasi</a> talabiga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilinishining yoki boshqa ishga oʻtkazishning asosliligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchiga yuklatilishini sudlar nazarda tutishlari lozim;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591536" id="onLBC-1591536">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6379"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.22.00 Mehnat shartnomasi (kontrakti)ning bekor qilinishi / 05.02.22.02 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish;</span></div><div id="LBC6467"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.01.00 Yakka tartibdagi mehnat nizolari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591536" id="-1591536">b) mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan yoki boshqa ishga oʻtkazilgan shaxslarni ishga tiklash toʻgʻrisidagi nizolarga oid ishlarni koʻrib chiqishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591537" id="-1591537">ishga qabul qilish, oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruq nusxalari, xodimning oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot (oʻtkazilgan taqdirda — oʻtkazishga qadar va oʻtkazilgandan keyingi ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot) va boshqalar;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591538" id="onLBC-1591538">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6442"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.03.00 Ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun xodimning moddiy javobgarligi / 05.06.03.08 Zararni qoplash tartibi;</span></div><div id="LBC6467"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.11.00.00 Mehnat nizolari / 05.11.01.00 Yakka tartibdagi mehnat nizolari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591538" id="-1591538">v) xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarish vaqtida korxona, muassasa, tashkilotga yetkazgan zararni undirib berish toʻgʻrisidagi nizolarga oid ishlar boʻyicha: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591539" id="-1591539">javobgarning mehnat vazifalarini aniqlab beruvchi mansab yoʻriqnomasi, yetkazilgan zarar va uni miqdorini tasdiqlovchi dalillar, javobgarning ish haqi, oilaviy va moddiy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yetkazilgan zararni toʻliq undirib berish toʻgʻrisidagi daʼvo boʻyicha esa, bulardan tashqari, moddiy javobgarlik haqidagi shartnoma nusxasi, solishtirma jadval, taftish dalolatnomalari, yuk xati, hukm nusxasi va boshqalar;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591540" id="onLBC-1591540">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6325"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.01.00 Oila aʼzolari va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari;</span></div><div id="LBC6328"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.04.00 Ota-onalar huquq va majburiyatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591540" id="-1591540">g) oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarga oid ishlar boʻyicha: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591541" id="-1591541">bolalarni taʼminlash uchun ota-onasidan mablagʻ undirish toʻgʻrisida — bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari, bolalarni daʼvogarning qaramogʻida ekanligi haqida yashash joyidan maʼlumotnoma, javobgarning ish joyidan uning ish haqi toʻgʻrisidagi va undan boshqalar foydasiga aliment yoki zararni qoplash uchun pul undirish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591542" id="-1591542">bolalarni ota-onalardan birining qaramogʻidan ikkinchisining qaramogʻiga olib berish yoki bolalarni qaytarish toʻgʻrisida — ota-onalar har birining yashash va maishiy sharoitlarini koʻzdan kechirish dalolatnomalari, vasiylik va homiylik organi xulosasi, ota-onalarning bolalarga boʻlgan munosabatlarini tavsiflab beruvchi hamda ota-onalar ish va yashash joyidan xulq-atvori haqidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591543" id="onLBC-1591543">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6791"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.05.00.00 Uy-joy nizolarini hal qilish. Uy-joyga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun nazorat va javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591543" id="-1591543">d) uy-joy nizolariga oid fuqarolik ishlari boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591544" id="-1591544">yashash maydonini boʻlib berish toʻgʻrisida — taraflarning uy-joyga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida hujjatlar, shaxsiy hisob varaqasi nusxasi, uy kitobidan koʻchirma, yashash uy-joy rejasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591545" id="-1591545">uy-joy qurish kooperativining uyi boʻyicha turmushdan ajrashgan er-xotinning ulushlarini boʻlish toʻgʻrisida — kooperativga aʼzo boʻlgan vaqtni tasdiqlovchi hujjatlar, ulushning belgilangan miqdori va toʻlangan summasi, ulushli mulk egasi bilan birga yashovchi oila aʼzolarining tarkibi, xonadon rejasi, nikohni roʻyxatga olganlik va bekor qilinganlik haqidagi guvohnoma nusxalari va boshqalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591546" id="-1591546">Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, yuqorida bayon etilganlarni isbotlash vositalarining mukammal roʻyxati deb boʻlmaydi. Shu sababli boshqa dalillarni taqdim etish zaruriyati har bir muayyan ishning oʻziga xos jihatlariga bogʻliq holda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591547" id="-1591547">29. Hujjatning qalbakiligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan arzni tekshirish uchun sud tegishli ekspertiza tayinlashi yoki uning qalbakiligini aniqlash uchun boshqa dalillarni talab qilib olishi mumkin. Agar sud hujjatning qalbaki ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni dalillar qatoridan chiqaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591548" id="-1591548">Agar hujjatning toʻliq yoki bir qismi qalbakiligi aniqlangan taqdirda, sud FPK ning <a href="/ru/acts/-186105#-231129">19-moddasiga</a> muvofiq, bu haqda prokurorga xabar berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591549" id="-1591549">Ishni apellatsiya instansiyasiga koʻrish jarayonida hujjatning qalbakiligi toʻgʻrisida ariza berilgan holda, sudlar mazkur masalani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2004-yil 21-maydagi 5-sonli qarorining <a href="/ru/acts/-1455241#-1455809">20</a> va <a href="/ru/acts/-1455241#-1455812">21-bandlarida</a> bayon qilingan tushuntirishlardan kelib chiqib hal qilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591552" id="-1591552">30. Alohida tartibda koʻriladigan ishlar va mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi fuqarolik ishlari boʻyicha dalillarga oid tushuntirishlar tegishlicha keyingi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan toʻldirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 3-sonli <a href="/ru/acts/-1437927">“Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”</a>gi hamda 1993-yil 16-apreldagi 13-sonli <a href="/ru/acts/-1440212">“Sudlar tomonidan mulkni roʻyxat (arest)dan chiqarish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanishi toʻgʻrisida”</a>gi Qarorlarida berilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591554" id="-1591554">31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va viloyat sudlariga vaqti-vaqti bilan quyi sudlar tomonidan fuqarolik ishlar boʻyicha dalillarga oid qonun normalarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirib, aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun choralar belgilashlari tavsiya qilinsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1591559" id="-1591559"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1591560" id="-1591560">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1591561" id="-1591561">2007-yil 2-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1591562" id="-1591562">11-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
