Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN VIZA BERISH TARTIBOTLARINI SODDALASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirish, ish bilan va turistik maqsadda Oʻzbekiston Respublikasiga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish tartibotini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
ish bilan Oʻzbekistonga kelishadigan Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolariga bir yil muddatga beriladigan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin, Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif etuvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishini talab etishni bekor qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-yanvardagi PF-5610-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralari oʻzlarining idoraviy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 2-may,
202-son