Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, budjetga soliqlar tushumi toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)
3. Ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bojxona toʻlovlari, davlat poshlinalari, savdo qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish huquqini beradigan litsenziya yigʻimlari, shuningdek davlatning maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. Bunda soliqqa tortish tizimini oʻzgartirish va soliqlar stavkasini indekslash bilan bogʻliq oʻzgarishlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlariga qatʼiy belgilangan soliqning joriy etilishi tadbirkorlik, shu jumladan kichik va xususiy biznes subyektlarining faoliyati uchun nisbatan noqulay shart-sharoitni vujudga keltiruvchi omillar emasligi nazarda tutilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 20-may,
PF-3076-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 106-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 21-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 89-modda)