Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun qoʻllashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qoʻyish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun moʻljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi”;
oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar”;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi, oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
qalbakilashtirilgan dori vositasi — tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon maʼlumot ilova qilingan dori vositasi;
sifatsiz dori vositasi — yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi;
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari”;
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi”;
3) 13-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qalbakilashtirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi”;
4) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 18-sentabrdagi 184 (4847)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 17-sentabr,
OʻRQ-222-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 416-modda)