Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.12.2018
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ QATLAMLARINI ANIQ YO‘NALTIRILGAN TARZDA QO‘LLAB-QUVVATLAShNI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, keksa avlod manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. Ish stajining to‘liq pensiya tayinlash uchun talab etiladigan miqdoridan ortiq qismini hisoblab chiqishdagi mavjud cheklashlar 2002-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinsin.
2. Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002-yilning 1-fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003-yilning 1-yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 26-dekabrdagi PF-4491-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 586-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi PF-1383-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 25-yanvar,
PF-3017-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 32-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)