|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.08.2013
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRILADIGAN ISTEʼMOL TOVARLARINING ROʻYXATIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1853-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 40, 67, 7, 01-02/8-16-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2500, 12.08.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2006-yil 3-avgustdagi PQ-433-sonli qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 31-32-son, 309-modda) ijro etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlari roʻyxatining (roʻyxat raqami 1853, 2008-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 37-38-son, 384-modda) “TIF TN kodi 2007-yil tahriri” grafasidagi “8523 (8523 21 000 0 va dasturiy taʼminotdan tashqari)” kodli satri “8523 29 — 8523 52 900 1 (dasturiy taʼminotdan tashqari), 8523 52 900 9 (bank plastik kartochkalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan chip-modullardan tashqari), 8523 59 — 8523 80 (dasturiy taʼminotdan tashqari)” kodli satr bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
76-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
65-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
EG-01/10-3881-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-iyun,
01-02/8-13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 318-modda)