Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI, SUD ORGANLARI VA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASHNING TARIF SETKASINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 12-APRELDAGI 147-SON QARORIGA QOʻSHIMCHA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etayotgan mutaxassislarning lavozim maoshlarini ular tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga muvofiqlashtirish hamda ijro ishini yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga quyidagi mazmundagi 24a-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga
24a-ILOVA
Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
Katta sud ijrochisi‎ 9‎
Sud ijrochisi‎ 8‎

”.‎

2. Ushbu qaror 2009-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-may,
149-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 260-modda)